Benzema: "Ronalduni unuta olmayapmiz"
27 avg 2018 22:55
Yangiliklar
Benzema: "Ronalduni unuta olmayapmiz"
"Real" forvardi Karim Benzema portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoadan ketgani borasidagi fikrlarini bildirdi.
"Krishtianu endi "Real"da emas, endi bizdan hech kim bir mavsumda 50ta gol urmaydi. Biroq biz bir jamoamiz va usiz ham oldimizdagi barcha uchrashuvda g'alaba uchun o'ynaymiz. Krishtianu Ronalduni unuta olmayapmiz. U biz uchun juda ham muhim edi. Ko'plab gollar urardi. Biroq u jamoasini o'zgartirdi. Endi o'zimizdagi futbolchilar haqida o'ylashimiz kerak", - dedi Benzema.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar