Benzema: "Kamavinga yosh, u "Real"ga ko'p narsa keltiradi"
13 sen 2021 09:50
Yangiliklar
Benzema: "Kamavinga yosh, u "Real"ga ko'p narsa keltiradi"
"Real" forvardi Karim Benzema Ispaniya chempionati 4-tur doirasidagi "Selta" (5:2)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu muxlislar bilan atmosfera sabab biz uchun alohida kecha bo'ldi. Birinchi taym biroz g'alati ko'rinish oldi, sababi biz muxlislar bilan o'yinga ko'nikishimiz kerak edi. Ikkinchi taymda esa g'alaba qozonish uchun xohlaganimizni qildik.
Gol o'tkazmaslik uchun himoyada ko'proq ishlashimiz kerak deb o'ylayman. Biz ko'plab gollar urib, g'alaba qozonmoqchimiz, himoyani ham unutmagan holda.
Vinisius - fenomen. U yosh va menga u bilan o'ynash juda ham yoqadi. U doim jamoaga o'ynashi mumkinligini ko'rsatdi. Kamavinga yosh va u bizga ko'plab narsalarni keltiradi", - deydi Benzema.
"Real" 10 ochko jamg'ardi va birinchi o'ringa chiqib oldi. "Selta" esa 1 ochko bilan 18-o'rinda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar