Benites: "Malaga" syurpriz amalga oshira oladigan jamoalardan biri"
26 sen 2015 10:45
Yangiliklar
Benites: "Malaga" syurpriz amalga oshira oladigan jamoalardan biri"
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites "Malaga"ga qarshi o'yin oldidan intervyu berdi.
"Biz "Malaga"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak. Bu jamoa "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin uslubiga ega ekanligini ko'rsatdi. Biz etiborliroq bo'lishimiz lozim, chunki ular syurpriz amalga oshira olishadi.
"Real" mavsumni yaxshi boshladi, ammo poyga birinchi burilishda yakunlanmaydi. Hozir bor kuchimiz bilan ishlaganimizda xato qilgan bo'lar edik. Hammasi so'nggi 10ta o'yinga bog'liq. Biz yaxshi holatdamiz va oldindagi voqealarga jismonan tayyormiz.
"Real"ning jarohatlangan futbolchilari asta-sekin oyoqqa turyapti. Pepe ertangi o'yinda maydonga chiqishi mumkin. Xames va Beyl o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi. Agar ular formasini tiklasa kelasi hafta maydonga tushishi mumkin" - deydi Benites.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar