So’nggi yangiliklar

21:10ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  29 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  2 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  1 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  155 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  19 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  5 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23 18:36"Нефтчи" 14 йилдан буён "Бухоро"ни меҳмонда мағлуб эта олмаяпти  3 18:00Суперлига. "Пахтакор" Қўқонда дуранг ўйнади  52 17:34ОКМК 11 йилдан сўнг Олмалиқда "Навбаҳор"га 3 та гол урди  1 17:20Ариф Асадов: "Ўзбекистон ва Озарбайжон жаҳон чемпионатини юқори даражада ўтказиш учун барча чораларни кўришига ишончим комил"  4 17:03Миржалол Қосимов: "U-20 Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиш — Озарбайжон ва Ўзбекистонда футболни ривожлантириш учун яхши имконият"  4 16:36“ЎФФ Президенти кубоги” – оммавийлик пойдевори  0

Belarus. Husanovdan debyut gol, Abdixoliqovdan xet-trik - hamyurtlarimiz uchun 6-tur qanday o'tdi? Yangiliklar

Belarus. Husanovdan debyut gol, Abdixoliqovdan xet-trik - hamyurtlarimiz uchun 6-tur qanday o'tdi?

Belarus chempionati 6-turida juda ko'p qiziq voqealar yuz berdi. Jumladan, bizning hamyurtlar bilan ham.

Gapni esa biroz g'amginroq xabardan boshlaylik. SHahboz Umarov yana BATEning qaydnomasiga kiritilmadi, bu odatga aylanib borayotgani achinarli. Usiz borisovliklar chempionatda ilk bor ochko yo'qotishdi. Minskning “Dinamo”siga qarshi “klasiko” 2:2 hisobida yakunlandi. Aynan shu durang BATEga taqibchilardan yanada qochib ketish imkoniyatini bermadi. Bundan tashqari, “SHaxter” (oxirgi ikki mavsum chempioni), o'z o'yinida g'alaba qozondi va oradagi farqni 9 ochkodan 7 tagacha qisqartirdi. “Dinamo” ham uzoqda emas – to'rt ochko. Asosiy kurash hali oldinda.

Hozirgi vaziyatda BATEga eng yaqin klub oliy liganing eng “o'zbekcha”klubi – “Energetik-BGU” hisoblanadi. “Talabalar” “sariq-ko'klar”dan bitta g'alaba masofasida turishibdi. O'tgan turda “Isloch”ga yutqazib qo'ygan Anatoliy Yurevich jamoasi safarda “Neman”ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etib, yana g'alabali yo'lga qaytib oldi.

Uchrashuvdagi barcha gol (nafaqat “talabalar”ning gollari)da biznikilar faol ishtirok etishdi. Bobir Abdixoliqov 3 ta gol urib, ushbu mamlakatdagi eng yorqin o'yinini o'tkazdi.

Dastlabki gol o'yin startida qayd etildi. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Bobir chap oyog'ida o'ziga o'nglab, shu harakatining o'zida darvozabonni chalg'itishga erishdi. Keyin esa bo'sh darvozani ortiqcha qiyinchiliksiz nishonga oldi.

Ikkinchi gol – qaytgan to'pga hammadan chaqqonroq etib borish natijasi. Abduqodir Husanov jarpima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi, “Neman” posboni Artur Malievskiy to'pni qaytardi, lekin qaytgan to'pga Bobir hammadan oldin etib keldi.

Uchinchi gol o'yin so'ngida ro'y berdi. Abdixoliqov Andrey Vasilevning sustkashligidan foydalandi va to'pni undan olib qo'yib, darvoza burchagini aniq nishonga oldi. Qayd etish lozim, bu vaziyat yuz berayotganda hujumchimizning qo'lida sardorlik bog'ichi bor edi. Bu hamyurtimizning Yurevich jamoasida yaxshigina “avtoritet”ga egaligi belgisidir.





Forvard uchun ushbu xet-trik Belarus chempionati ushbu mavsumidagi birinchisi bo'ldi. Endi Abdixoliqov hisobida sakkizta gol va uchta golli uzatma mavjud. Uzatmalar to'rtta bo'lishi ham mumkin edi. Biroq Grodnodagi o'yin epizodlaridan birida Roman Papariga uning ajoyib uzatmasidan unumli foydalana olmadi.

Usiz ham Bobir to'purarlar poygasida raqiblarini to'rtta golga ortda qoldirmoqda. Darvoqe, uning oltinchi turdan keyingi 8+3 natijasi –“SHaxter”ning gambiyalik forvardi Dembo Darboning aynan shu vaqtdagi ko'rsatgichi bilan bir xil. Afrikalik futbolchi chempionat yakunida 19 ta gol urib eng yaxshi to'purar bo'lgandi. Abdixoliqov bu natijani takrorlay olarmikin?

Uchrashuvning ikkinchi yulduzi Abduqodir Husanov bo'ldi. Yarim himoyachi markazda ishonchli o'yin o'tkazdi, to'p bilan ko'p muomalada bo'ldi va kerakli pallada boshqa zonalarda paydo bo'ldi. Ikki assistdan tashqari (Abdixoliqovga uchinchi golida ham to'pni Husanov etkazib bergandi) Aynan xavbekning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi “sariq-yashillar”ni amalda ruhan sindirdi. Ushbu goldan keyin “talabalar” erkin harakat qila boshlashdi va o'yinni ishonchli g'alabagacha olib borishdi.



SHohruhbek Abdurahmonov ham o'z golini urdi. Faqat sheriklaridan farqli ravishda u to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. Himoyachi Gegam Kadimyanning burchakdan uzatgan to'pini boshi bilan qaytaraman deb uringandi. Umuman olganda SHohruhbek jiddiy xatolarga yo'l qo'ymadi va ishonchli harakat qildi.

Yana bir futbolchimiz – Abbosbek Jumaqulov – hamon “o'yindan tashqarida”. “Isloch” bilan yarim himoyachi hech yo'q zaxiraga kiritilgandi, “Neman” bilan bahsda esa u yana ro'yxatdan tushib qoldi.
8 may kuni o'tadigan ettinchi turda “Energetik-BGU” o'z uyida “SHaxter”ni qabul qiladi. “Konchilar” qo'shib berilgan daqiqalarda (penaltidan) gol urib, “Gomel” qarshiligini engishni uddaladi. Bellashuv har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.





Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика