Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o'z uyida BATEga yutqazib qo'ydi, Husanov va Abdixoliqov to'liq o'ynadi
		
		29 okt 2022 16:56
        Yangiliklar	
	
				
				Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o'z uyida BATEga yutqazib qo'ydi, Husanov va Abdixoliqov to'liq o'ynadi
Mezbonlar safida himoyachi Abduqodir Husanov hamda hujumchi Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oldi!
GOOOOL! 36-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Gromikoning uzoqdan yo'llagan zarbasi Lukashevich tomonidan bartaraf etildi. Qaytgan to'pga ega chiqqan Oreshkevich to'pni darvozaga yo'lladi.
GOOOL! 79-daqiqada Vasilevichning pasidan so'ng birgabir holatga chiqib borgan Milich hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi!
Bahs yakunlandi!  SHu tariqa, uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g'alab qozonishdi.
Energetik-BGU – BATE 0:2
«SOK Olimpiyskiy»
Gollar: 0:1 – 36 Oreshkevich, 0:2 – 79 Milich.
Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich (CHul, 84), Silinskiy (Pliev, 84), Rilach (Grishenko, 60), Husanov, Abdixoliqov, Papariga (Turich, 74).
BATE – Malkevich, Filipovich, Nechaev, Kudravec, Bane, Dragun (Sotnikov, 80), Gromiko (SHarkovskiy, 84), Bessmertniy (Vasilevich, 76), Oreshkevich (SHumanskiy, 60), Bocherov, Milich (Bordachev, 89).
Ogohlantirishlar: Rilach (4), Makushinskiy (13), Malkevich (43), Milich (50), Papariga (61), Bocherov (68), Husanov (89), SHumanskiy (90).

Endilikda "Energetik-BGU" muhim ochkolarni boy berib, 2-o'rinda qoldi, BATE esa 3-o'ringa chiqib oldi.
"Energetik-BGU"ning navbatdagi o'yini 2 noyabr kuni safarda "Dinamo" Minskka qarshi kechadi.
Turnir jadvali

O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar