Belarus chempionati. Bobir Abdixoliqov - 2-turning eng yaxshi futbolchisi!
05 apr 2022 10:15
Yangiliklar
Belarus chempionati. Bobir Abdixoliqov - 2-turning eng yaxshi futbolchisi!
"Energetik-BGU" klubi hujumchisi, o'zbekistonlik Bobir Abdixoliqov Belarus futbol federaciyasi talqiniga ko'ra 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o'tamiz, Abdixoliqov mazkur turda "Torpedo-BelAZ" bilan bahsda dublga erishdi va 1ta golli pas berdi.
Bobir Abdixoliqovning "Torpedo-BelAZ"ga qarshi o'yindagi statistikasi quyidagicha bo'ldi:
2ta gol
6ta zarba
4ta aniq zarba
1ta golli uzatma
12ta aniq pas
9ta yakkakurashda g'olib chiqdi
6 marta raqibdan to'pni olib qo'ydi
Malumot uchun, Bobir Abdixoliqov 1-turda "Vitebsk"ka qarshi bahsda ham 2ta gol urgandi. 2ta o'yindan keyin Abdixoliqov hisobida 4ta gol va 1ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar