So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

Bektemir Abdumannonov: "Qiyin guruhdan chiqdik. Endi bizga raqibning farqi yo'q" Yangiliklar

Bektemir Abdumannonov: "Qiyin guruhdan chiqdik. Endi bizga raqibning farqi yo'q"

"Andijon" O'zbekiston Kubogidagi "o'lim guruhi" deb nom olgan guruhdan tirik chiqdi.

O'z maydonida musobaqaning amaldagi g'olibi "Nasaf"ni oxirgi soniyalarda urilgan gol evaziga taslim qildi va keyingi bosqich masalasini hal qildi. Uchrashuv hal qiluvchi oltinga teng gol muallifiga aylangan Bektemir Abdumannonov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob qaytardi.

-Bektemir, o'yindan keyingi xissiyotlar qanday? Dramatik tarzda kechgan uchrashuvdan so'ng nimalarni aytgan bo'lardingiz?

-Bu o'yinni anchadan beri kutayotgandik. Hal qiladigan uchrashuv edi. Narigi o'yinda durang bo'lgani ham bizga qo'l keldi. Bu uchrashuvda yutishimiz kerak edi, bundan boshqa ilojimiz ham yo'q edi. Guruhdan chiqish uchun faqat g'alaba zarur hisoblanardi. Biz shuning uchun harakat qildik. Xudoga shukr, oxirida eplab oldik.

-"Dinamo" – "Navbahor" uchrashuvida durang natija qayd etilganini onlayn bilib turganmidingiz yoki…

-O'yin paytida murabbiy tomonidan u yoqda "Navbahor" 1:0 ga yutyapti, degan signal bo'ldi. Lekin baribir biz g'alaba uchun o'ynashda davom etaverdik. Narigi bellashuvdagi natijaga ortiqcha etibor berganimiz yo'q. Gol urish va yutish uchun oxirigacha harakat qildik. Nima bo'lsa ham o'zimiz xohlagan natijani uchrashuvda ko'rsata oldik.

-Aytingchi, keyingi bosqichga chiqqanimizni qachon bildingiz?

-O'yin tugamaguncha bilganim yo'q edi. Uchrashuv nihoyasiga etgach, jamoadoshlarim keyingi bosqichga chiqqanimizni aytishdi.

-Oxirgi soniyalarda hal qiluvchi golni urib ketdik. O'sha vaziyatni qanday izohlagan bo'lardingiz?

-Gol urib ketishim haqida unchalik o'ylamagandim. Tabloga qarasam 90 daqiqa bo'lgan ekan, keyin 7 daqiqa qo'shib berishdi. Bizda imkoniyatlarimiz bo'lyapti. Ammo darvozaga kirmayotgandi. Xudo xohlagan ekan, baribir gol bo'ldi. Qanday qilib bo'lsa ham gol urishga muvaffaq bo'ldik. Bu holat "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvdan oldin o'zimizga qo'shimcha "dux" bo'ldi. Bunday o'yinlardan keyin ishtiyoq ancha kuchayadi. Jamoamiz ham ancha qo'shgan, tayyorgarliklarimiz ham juda yaxshi o'tyapti.

-"Andijon" safida debyut golingizni urdingiz. Bungacha sizda 6 ta golli pas bor edi. Sizga gol urish muhimmi yoki golli pasmi?

-Jamoaga qanday yordamim tegsa, menga farqi yo'q. Gol baribir golda. Ammo assistni golga aloqasi bor. SHuning uchun bu ham yomon emas. Ikkalasini bajarish menga yoqadi. Biri gol, yana biri golga yaqin. SHu bois bular jamoaga foyda keltiradi.

-"Nasaf" darvozasiga so'nggi soniyada gol urishingizni kutganmidingiz?

-Yo'q. Boshida o'ylagandim. O'shanda menda bitta vaziyat bo'lgandi, gol urolmagandim. Oxirida bunaqa gol urishimni, vaziyat bunday bo'lishini kutganim yo'q. Hammasi Xudodan.

-Keyingi bosqichda qanday raqib kutyapsiz?

-Biz o'ta murakkab guruhdan chiqdik. Qiyin guruhda amalladik. Bizga qanday raqib duch kelishini farqi yo'q.

-Endi "So'g'diyona" bilan bo'ladigan uchrashuvga tayyorgarlik o'zingiz aytganingizdek yanada katta ishtiyoq bilan o'tsa kerak-a…

-Biz faqat g'alaba uchun tushamiz. O'z maydonimizda o'ynaymiz va muxlislarimiz uchun harakat qilamiz. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi. Barchani xursand qilishni xohlaymiz. Boshqa variantimiz yo'q, faqat yutishimiz kerak.

-Bunday atmosferada ilk bor to'p suryapsiz. Masalan, ilgari "Metallurg" da o'ynaganingizda Bekobodda bunday muhit bo'lmasdi…

-Ha, bu erdagi muhit juda yaxshi. Futbolni tushunadigan insonlar. Negativ gaplar bo'lmaydi. Faqat qo'llab-quvvatlashadi. Muxlislarga katta rahmat. Ularni o'z o'yinlarimiz bilan xursand qilishda davom etamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика