Bektemir Abdumannonov: "Omad biz tomonda bo'lmadi"
27 may 23:15
Yangiliklar
Bektemir Abdumannonov: "Omad biz tomonda bo'lmadi"
O'zbekiston Superkubogida "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Andijon" futbolchisi Bektemir Abdumannonov fikrlarini bildirdi.
- O'yin yaxshi bo'ldi, omad bizning tomonimizda bo'lmadi. Agar omad kelganida bizning bir qancha vaziyatlarimiz darvozaga kirib ketgan bo'lardi. O'yin yaxshi o'tdi, muxlislarga rahmat aytaman. Final o'yini bittali bo'lgani uchun bunga qattiq tayyorlangandik. Bugun omad raqiblarga kelib boqdi.
- "Andijon" so'nggi 7 o'yinda faqatgina bir marta "Nasaf"ga mag'lub bo'lgan. Yani, jamoa "Nasaf"ga qarshi qanday o'ynashni bilib olgan desak bo'lardi. Bu faktor o'yinga tasir qilarmidi?
- Biz shunchaki futbol o'ynashga harakat qildik. G'alaba uchun o'ynadik, yotvolib vaqt cho'zish niyatimiz yo'q edi. Final uchun alohida tayyorlangandik. Bitta o'yin, kim yutsa sovrin o'shaniki. Buning tasiri yo'q edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar