So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

"Bayramda penalti berish kerak, kuchli uchlikda yurganimiz kimlargadir yoqmayapti" - Vitaliy Levchenko Yangiliklar

"Bayramda penalti berish kerak, kuchli uchlikda yurganimiz kimlargadir yoqmayapti" - Vitaliy Levchenko

Coca Cola Superligasi 7-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.


- Uchrashuv oldidan "Buxoro" istalgan ijobiy natija uchun kurashishini bilgandik. SHu sababli o'z jarima maydonchamiz ichida ularga zarba berish uchun vaziyatlar yaratishiga qarshilik qildik. Xatolar pand berdi va ikki ochkoni yo'qotdik. Qattiq afsusdaman.

- Penalti haqida nima deya olasiz?

- Bosh hakamning fikrini muhokama qilishni istamayman. Ammo bir gap bor: bugun bayram ekan, nega penalti qo'ymaslik kerak?

- Jamoangizning o'yinidan mamnunmisiz?

- Bugun o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik. Balki vaziyatlarda oxirigacha o'ynamaganimiz sababdir. 

- Demak, durangdan mamnun emassiz.

- Albatta, yo'q. Balki kuchli uchlik yurganimiz kimlargadir yoqmayotgandir. Bo'lishi mumkinku. Durangdan mamnun emasman. Bu erga uch ochko uchun kelgandik. 

- Bugun "Bunyodkor" mag'lub bo'ldi va chempionatda yutqazmagan birgina "Neftchi" qoldi.

- Demak, yutqazmayotganimiz kimlargadir yoqmagan.

- "Neftchi" chempionlik uchun kurasha oladimi yoki natijalar tasodifmi?

- Hozir 7-tur. Demak, kurashishda davom etamiz. Tasodifan 7 o'yinda mag'lub bo'lmaslik mumkinmasku. Kurashamiz deyapmanku. Ammo keyinchalik nyuanslar, aks holatlar bo'lib qolishi mumkin. 

- "Neftchi" futbolchilari ikki marta "Buxoro" posbonini xato qilishga majbur qildi.

- "Buxoro"ni muhokama qilmayman. Sizlarda ham qarorlarni qabul qiladigan o'z bosh murabbiyingiz bor. Men faqatgina o'z jamoam haqida gapiraman. 

- "Buxoro"ning o'yinini o'rganayotganda qanday kuchli tomonlarni ko'rdingiz?

- Ulug'bek Bakaevni bilaman, u asosan katta kuchni oladigan, vertikal futbol o'ynatishni yaxshi ko'radi. Ko'p asabiylik, ko'p kurashlar kuzatiladi. Biz bugun shunday futbolga tayyorlangandik. 

- 2:1 hisobi bo'lganidan keyin g'alaba qozonib bo'ldik, deb o'yladingizmi?

- Barchasi shunday yakunlanmasa kerak deb o'yladim. O'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu normal holat. Uchrashuv qanday tugashi kerak bo'lgan bo'lsa, shunday tugadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика