So’nggi yangiliklar

23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  0 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  114 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  7 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  9

Baydullaev, Bikmaev, Kubok finali va "Paxtakor" – "Nasaf" uchrashuvi haqida - Vadim Abramov bilan intervyu Yangiliklar

Baydullaev, Bikmaev, Kubok finali va "Paxtakor" – "Nasaf" uchrashuvi haqida - Vadim Abramov bilan intervyu

Samarqandning "Dinamo" klubi 2023 yil Pro ligada ishtirok etib, Superligaga qaytganidan xabaringiz bor.

"Dinamo" mamlakat kubogida ham ajoyib ishtirok etdi va yarim finalga qadar etib kelgani etiborga molik. Biz mavsum yakunlari va keyingi rejalarni bilish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovga qo'ng'iroq qildik.

- Vadim Karlenovich avvalo "Dinamo" klubini Superligaga qaytgani bilan tabriklamiz. Ayting-chi, "Dinamo" uchun mavsum qanday o'tdi?

- Mavsum biz uchun bir tekis o'tdi deya olaman. Yil boshida oldimizga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgandi, biz uni bajardik. To'g'ri Pro ligada birinchi bo'la olmadik, ammo nima bo'lgan taqdirda ham Superliga yo'llanmasini qo'lga kirita oldik. Bundan xursandmiz.

- Odatda Superliganing o'rtamiyona klublari kubokdan darhol chiqib ketishadi va bor etiborni chempionatga qaratishardi. Ammo Pro liga ishtirokchisi bo'lgan "Dinamo" kubokda yarim finalga qadar etib keldi. Buning siri nimada?

- Kubok boshlanishidan oldin jamoaga mavsum oxirida shu kubokni yutishimiz kerakligini aytgandim. Ko'pchilik o'shanda gapimga kulgandi, jiddiy qabul qilmagandi. Ammo natijani hamma ko'rdi, guruhimiz kuchli jamoalar bor edi. Keyin "Paxtakor" va "Olimpik" kabi kuchli jamoalarni mag'lub eta oldik. Ikkala jamoada ham turli terma jamoa azolari harakat qilishadi. Afsuski yarim finalda "Nasaf"ga munosib qarshilik ko'rsatib, yutqazib qo'ydik. Balki bahs Samarqandda bo'lganida "Nasaf"ga yanada qiyin bo'larmidi, bilmadim.




- "Dinamo"dagi faxriylar Erkin Baydullaev, Bahodir Nasimov va Dilshod Rahmatullaev keyingi mavsumda ham futbol o'ynashadimi?

- Nasimov va Rahmatullaev bu borada hali aniq bir to'xtamga kelishmadi. Baydullaev esa menimcha faoliyatini yakunladi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi aniq bo'lganmi?

- Hozircha homaki reja bor. Mavsum biz uchun oktyabr oyi oxirida yakunlandi, shu bois taxminan 1 dekabrdan yig'inni boshlaymiz. Sababi futbolchilar uchun 40 kunlik tatil etarli deb o'ylayman.

- Sobiq shogirdingiz Marat Bikmaev butsalarini "mixga ildi". Uning faoliyati haqida nimalar deya olasiz?

- Maratni ancha yillardan buyon bilaman, yaxshi darajada faoliyat olib bordi. Olimpiya terma jamoasida mening qo'l ostimda o'ynagandi, keyin milliy terma jamoada ham to'p tepdi. Bekorga bir vaqtlar Rossiya premer-ligasi klubi uni o'z safiga qo'shib olmagandi. Bikmaevga keyingi faoliyatida ham omad tilayman.

- Oldinda mamlakat kubogi finali kutib turibdi. Kubokni qaysi jamoa qo'lga kiritadi deb o'ylaysiz: "Nasaf" yoki OKMK?

- Menimcha imkoniyatlar 50ga50. "Nasaf" o'z maydonida o'ynaydi, OKMK tarkibida esa ko'plab tajribali futbolchilar bor. Uchrashuvdan avval imkoniyatlar mutlaqo teng, "Nasaf"ning kichik ustunligi o'z maydonida o'ynashida bo'ladi xolos.




- Superligadachi kim chempion bo'larkin?

- Menimcha aynan 3 noyabr kungi bahsda ko'p narsa oydinlashadi. "Paxtakor" mavsum boshida ikkita mag'lubiyatdan keyin qiyin ahvolga tushib qolgandi, ammo keyin peshqadam bo'la oldi. Qandaydir kutilmagan mavsum bo'ldi, istalgan jamoa "Paxtakor"ning yo'qotishlaridan unumli foydalanib chempion bo'lishi mumkin edi.

- Islomjon Qobilov va Sanjar Qodirqulov yangi mavsumni "Dinamo"da boshlashlari haqida xabar chiqdi. Bu rostmi?

- To'g'risi buni men ham saytlardan o'qidim. Agar ularda "Dinamo"da o'ynash xohishi bo'lsa albatta bundan xursand bo'lardim.

- Noyabr oyida o'rtasida O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bahslari boshlaydi. Turkmanistonga qarshi safar, Eronga qarshi Toshkentdagi o'yinlardan 6 ochko kutishimiz mumkinmi?

- Ko'pchilik Eronni kuchli demoqda, albatta Eron boshqa darajada ekanini bilamiz. Ammo Turkmanistonni osongina yutamiz deyishga shoshmaslik kerak, ularga qarshi o'yin ham og'ir bo'ladi. Ayniqsa safarda, ular ham futbol o'ynashni o'rganib olishgan. Terma jamoamizga saralashda ham, Osiyo kubogida omad tilayman!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика