Baxtiyor Qosimov OKMKda o'ynashi mumkinmi?
08 sen 2023 21:12
Yangiliklar
Baxtiyor Qosimov OKMKda o'ynashi mumkinmi?
Futbolchi ayni damda OKMK mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Xo'sh, O'zbekistonda transferlar oynasi yopiq bo'lsa-da, u olmaliqliklar bilan shartnoma imzolashi mumkinmi?
Baxtiyor Qosimov O'zbekistondagi transferlar oynasi ochiqligida erkin agentga aylangandi. Reglamentga muvofiq transferlar oynasi yopiqligida erkin agentga aylangan o'zbek futbolchisi o'zbek klubiga o'ta olmaydi. O'z navbatida Baxtiyor Qosimov uchun FIFAdan TMS shartnomasi, yani, uning ushbu jamoa tarkibida xalqaro o'yinlarda ishtirok etishi uchun ruxsatnoma berildi. Endilikda u OKMK tarkibida OCHL o'yinlarida ishtirok etishi mumkin bo'ladi. Biroq uning Superliga o'yinlarida ishtirok etish-etmasligini O'zPFL hal qiladi.
Reglament bo'yicha Baxtiyor Qosimovda OKMK tarkibida Superligada o'ynash imkoniyati bor. Biroq hozircha PFL bu borada ruxsat bergani yo'q. Ammo yaqin vaqtlarda unga "yo'l ochilishi" mumkin. CHunki FIFA tomonidan OCHLda o'ynashiga ruxsat berilgan futbolchining Superligada o'ynashiga O'zPFL tomonidan taqiq qo'yilishi mantiqqa ham, reglamentga ham zid. Agarda Baxtiyor Qosimov OKMK bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, u nafaqat OCHLda, balki, Superligada ham o'ynashi kerak. SHu sababli O'zPFL ham OKMKga bu borada yordam berishi eng yaxshi yo'l hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar