So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  17 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Baxtiyor Hamidullaev: "Zozulya yaqin kunlarda jamoamiz ixtiyoriga etib keladi" Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "Zozulya yaqin kunlarda jamoamiz ixtiyoriga etib keladi"

Coca Cola Superligasi 14-turi doirasidagi "Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev matbuot anjumanida qatnashdi.




- Birinchi bo'limda ham, ikkinchisida ham ko'p vaziyat yaratdik. To'g'risini aytganda, birinchi davradagi ahvol takrorlanyapti, hujumchilar gol urmayapti. 65-70-daqiqalardan keyin yigitlar charchab qolyapti. Jismoniy tayyorgarlik umuman yo'q. 7-8 kunda biz hech nimaga ulgurmadik. SHuning uchun bir kishi bo'lib turib ham baribir qiynaldik. 

- Bungacha jamoa sardori Farhod Bekmurodov edi, bugun esa Abdulloh Olimov jamoani boshlab tushdi. Bu kimning qarori?
- Yo'q, kecha jamoa futbolchilari bilan jamoa sardorini tayinlash borasida so'rovnoma uyushtirdik. Birinchi o'rinda men yuzini ko'rmagan Zozulya chiqdi. Keyingi o'rinda Abdulloh Olimov bo'ldi, uchinchi o'rinda Qahramon Bahodirov hamda Farhod Bekmurodovga teng ovoz berildi. SHuning uchun ham Abdulloh Olimov sardor bo'lib chiqdi.

- Hujumchilar mashg'ulotdan tashqari o'zlari ham qo'shimcha ishlashadimi?
- Umuman olganda biz hozirda etiborimizni himoya chizig'iga qaratganmiz. Bugun himoya chizig'imiz yomon o'ynamadi. Faqatgina bir vaziyat golga aylandi. Menimcha, himoyadagi muammolarga asta-sekinlik bilan barham berilmoqda. Keyinchalik etibor yarim himoyachilarga va oxirida hujumchilarga qaratiladi. Hozir vaqt juda oz, hech nimaga ulgurmayapmiz. 5 kundan keyin yana o'yin. SHu boisdan qo'ldan kelgancha tushuntiryapmiz. Bular bitta gol ursa ochilib ketadi. Faqat shu miyasida gol ura olmasligi muhrlanib qolgan. U bilan bu borada gaplashib, bu narsani yo'qotish kerak.

- Xushnud Avilov haqida so'ramoqchiman. Bunga qadar u qanot himoyasida o'ynardi. Bugun esa markaziy himoyada ko'rinish berdi.
- Nigeriyalik himoyachi Arivachukvuga ishonch yo'q. Masalan, mashg'ulotlarda o'zbekcha yoki ruschani tushunganlar mashqlarni to'g'ri bajaradi, lekin u emas. SHu boisdan Xushnudni ushbu poziciyaga tayyorlab kelishgan ekan. Menimcha Avilov varianti o'zini oqladi, u bugun yomon o'ynamadi.

- Baribir jamoaga tajriba etishmayapti. Jamoaga Zozulyani qaytarish masalasi ko'rilmayaptimi?
- Bu ish yaqin kunlarda hal bo'ladi. U 8 sentyabr kuni jamoaga etib kelishi kerak edi, biroq nimadir bo'ldi, ish o'xshamadi. Yaqin kunlarda u jamoamiz ixtiyoriga etib kelishi rejada bor.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика