So’nggi yangiliklar

14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  0 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  28 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  10 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  12 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  14

Baxtiyor Hamidullaev: "Yigitlar bilan jiddiy gaplashib olamiz. Futbolni bunday o'ynab bo'lmaydi" Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "Yigitlar bilan jiddiy gaplashib olamiz. Futbolni bunday o'ynab bo'lmaydi"

Coca-Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Bunyodkor"-"Andijon" (6:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, boshida markaziy himoyachilarimiz bilan bog'liq bo'lgan ikkita qo'pol xatolarimiz tufayli gollar bo'ldi, shu sababli yigitlar o'yin boshida ruhan sinib qolib, so'ngra o'zlariga kela olishmadi. Lekin o'yinda bunday hisob bo'lishini kutmagan edik, o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, lekin o'yin boshidagi ikki gol yigitlarga ruhan tasir qildi deb o'ylayman. 

— Ikkita goldan keyin javob goli ham bo'ldi...

— Yigitlarga savollar ko'p, qayta ko'rib chiqamiz, yigitlar bilan jiddiy gaplashib olishimiz kerak. Bunday o'ynab bo'lmaydi futbolni. Yigitlarning xayollarida "Andijon"ning eski o'yin uslubi qolib ketgan shekilli. Buni chiqarishga uringandik, so'ngi o'yinlarda yaxshi natijalar qayd etayotgan edik, ammo bugun yigitlar o'sha eski holatga qaytib qolgandek ko'rindi.

— Bugun o'yin tomonlama "Andijon"ning kuni emas ekan, desak bo'ladimi?

— Ha, bo'ladi. Ikkinchi darvozabonimiz ham jarohat olib maydonni tark etdi, uning o'rniga Olimov darvozani qo'riqladi. Bugun bizning kunimiz emas, desak ham bo'laveradi

— Darvozabon Eldor Adhamov nega maydonni tark etdi?

O'tkazib yuborgan gollarimizda Eldorning ham aybi bo'ldi. 1-2 vaziyatda qutqarsa bo'lardi. Eldor ham himoyachilarimiz kabi o'tkazilgan gollarda aybdor.

— Aslan Axrorovning sog'lig'i yaxshimi?

— Holati yaxshi, oyog'i sinmagan. Aslan biz bilan keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettiradi.

— "Andijon" bugun "Bunyodkor"ning pressingiga va hujumiga tayyor emasdek ko'rindi...

— Etibor qilgan bo'lsangiz, "Bunyodkor"ning uchrashuvga tayyorlanish vaqti biznikidan bir kun kamroq bo'lgan. Bizda dam olishga ham vaqt bo'lgan, yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan edi, ammo birinchi o'yin boshidagi ikki gol yigitlarni ruhan sindirib qo'ydi, deb o'ylayman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика