So’nggi yangiliklar

17:22Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  1 17:14Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  5 16:44Роналду: "Менгача Португалия бирорта соврин ютмаганди, аммо ҳозир учта титул бор"  11 16:07Алан Ледесма: "Ўзбекистонга қарши кеч реакцияга киришдик"  2 15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  6 15:23Парагвай U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон – режалаштирган вазифани жуда яхши бажарадиган жамоа"  3 15:10Аргентина терма жамоасининг бўлажак ўйин учун қайдномаси эълон қилинди  0 14:36Умар Абдулраҳмоннинг "Манчестер Сити"га трансфери нега амалга ошмаган?  4 14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  7 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  8 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  2 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  17

Baxtiyor Ashurmatov: "Tan olaman bugun "Paxtakor" g'alabaga haqli edi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Tan olaman bugun "Paxtakor" g'alabaga haqli edi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.




"Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Tan olish kerak "Paxtakor" ko'p jabhada bizdan ustun bo'ldi. Afsuski bizning jamoa tashabbusga ega bo'la olmadi, maydonda og'ir harakat qildik. Ayniqsa ikkinchi taymda to'p nazoratini butunlay "Paxtakor"ga berib qo'ydik. SHu bois o'yinni o'zgartirish uchun Sidiqovni o'rniga ikkinchi hujumchini tushirib, taktikani o'zgartirishga qaror qildik. Afsuski biz bilan o'yingacha maydonga tushmagan CHeran tuzalib bugun zaxiradan o'yinga qo'shilib gol urdi. CHeran o'zining mahoratli futbolchi ekanini yana bir bor ko'rsatdi. Tan olish kerak "Paxtakor" bugun g'alabaga haqliroq edi. Lekin biz oxirigacha kurashganimiz uchun taqdirlandik. Uchrashuv oxirida gol urganimizni inobatga oladigan bo'lsak, durang bizni qoniqtirdi, lekin "Paxtakor" g'alabaga haqliroq edi. Buni murabbiy sifatida tan olishim kerak", - dedi Baxtiyor Ashurmatov.

- Quvondiq Ro'ziev va Javohir Sidiqovning almashtirilishiga sabab nima?

- Ro'ziev yomon o'ynagani uchun almashtrilmadi. SHunchaki maydon markazini mustahkamlash maqsadida Rahmatullaevni tushirdik. Sidiqovni o'zgartirilishiga sabab esa, u jarohat bilan o'ynayapti. Bundan tashqari o'yinni o'z darvozamizdan uzoqlashtirish uchun ikkinchi hujumchini tushirdik. Bugun Murod Xolmuhammedov ham sog'ligini tavakkal qilib o'ynaganini ham qo'shimcha qilaman.

- Islom Abdullaevning holati qanday?

- Umid qilamanki keyingi o'yingacha tayyor bo'ladi. Xudodan tezroq tuzalishini so'raymiz. Ammo bizdan boshqa darvozabonlar ham bor. Muzaffar Abdullaev ham, Nodir Ashurmatov ham tayyor.

Mo'min Melievning o'yini bugun uncha yaxshi chiqmagandir. Lekin bugun penalti ishladi, himoyachilarga bosim uyushtirdi, havodagi kurashlarni yutdi. Ammo uch yarim himoyachimiz ham himoyaga yaqin o'ynagani uchun Mo'min yutib bergan to'plar raqiblarga tushdi va uning o'yini ko'rmagandir.


Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика