So’nggi yangiliklar

20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  2 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  1 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  6 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  10 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  11 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  15

Baxtiyor Ashurmatov: "Qizil kartochkaga qadar o'yin teng kurashlar ostida o'tayotgandi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Qizil kartochkaga qadar o'yin teng kurashlar ostida o'tayotgandi"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan AGMK - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Gapning ochig'i, qizil kartochkaga qadar o'yin teng kurashlar ostida o'tayotgandi. Bizda vaziyat bo'ldi, afsus Jamshid Hasanov birga-bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Sanjar Tursunov juda chiroyli gol urdi. Lekin o'yin teng kurashlar ostida o'taayotgandi. Biz qizil kartochka olganimizdan so'ng, tan olish kerak, ustunlik AGMK tomoniga o'tib ketdi. Mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman, ular haqli g'alabaga erishishdi. Biz navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlikka kirishamiz.

- Merzlyakov va Sidiqovlar o'ynamagani jarohat bilan bog'liqmi?

- To'g'ri, Merzlyakov, Xolmuhammedov, Sidiqovlar jamoamizning etakchi futbolchilari hisoblanadilar. Ularda jarohat bor edi. SHu sababdan ularning yordamidan foydalana olmadik. Lekin mag'lubiyatga bu sabab bo'lishi kerak emas, yutqazdikmi, raqibni haqli g'alaba bilan tabriklash lozim. Keyingi tur uchrashuvlariga qadar Xolmuhammedov, Sidiqov, Merzlyakovlar tayyor bo'lishlariga umid qilamiz. Keyingi o'yinda tarkibimiz to'liqroq bo'ladi.

- Ayni damda "Qo'qon-1912"da muammolar bormi? Jamoa futbolchilarida kayfiyat yo'qligi haqida xabarlar tarqaldi...

- Bo'lishi mumkin, bu jamoamizning ichki siri hisoblanadi. Mag'lubiyatga uchragandan so'ng turli sabablarni bahona sifatida ko'rsatsam yarashmasa kerak. Bu haqida to'xtalishni istamagan bo'lardim.

- O'yin davomida 3 ta o'zgarishga qo'l urdingiz. Yana 2 ta futbolchini zaxiradan maydonga tushirish imkoniyati bor edi, bundan foydalanmaganingizga sabab nima?

- Gapning ochig'i, birinchi bo'limdan so'ng 10-15 daqiqa hisobni ushlagan xolda ehtiyotkorroq o'yin namoyish etishlari uchun ko'rsatma bergandik. Ikkinchi golni o'tkazib yubormasak, shunda orqada 3 ta himoyachini qoldirgan xolda oldinga chiqishimiz mumkin edi. Afsus, ikkinchi golni ham o'tkazib yubordik. Bizda Quvondiq Ro'ziev ham jarohat oldi. SHu sabab majburiy o'zgarishga qo'l urdik. Anvar Hojimirzaev orqali hujumni kuchaytirishimiz mumkin edi. Oybek Rustamovni olsak, markazda katta bo'shliqlarga yuzaga kelib qolardi. Biz hisob 2:0 vaqtida bitta gol urganimizda so'ngi daqiqalarda tavakkalga qo'l urib hujumga o'tishimiz mumkin bo'lardi. Oxirida 3 himoyachi bilan qolishni reja qilgandik, lekin AGMK ustunlik bilan o'ynadi. SHu sabab biz tavakkalga qo'l urmadik.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика