So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilarimiz bugungi kabi o'ynashsa, yuqori o'rinlar uchun kurasha olamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilarimiz bugungi kabi o'ynashsa, yuqori o'rinlar uchun kurasha olamiz"

Coca-Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Avvalombor, O'zbekiston xalqini va barcha futbol muxlislarini Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan tabriklayman. Hamisha muxlislarimiz sog'-salomat bo'lishsin, biz ularni g'alabalar bilan xursand etishda davom etaylik. O'yinning shiddati va futbolchilarning yakka kurashlardagi harakatlari bois bugungi o'yindan mamnunman. Avvalgi turlarda bugungi kabi shiddatli o'yinni ko'rmagandik. Yigitlarga rahmat aytaman. Himoya chizig'imiz vakillari va jamoa darvozaboni harakatlari evaziga g'alabani saqlab qola oldik.

- Birinchi bo'limda jamoangiz yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin ikkinchi bo'limda tashabbus raqib tomoniga o'tib ketdi. Buni qanday izoxlaysiz?

- To'g'ri aytdingiz, birinchi bo'limda sermahsullik ko'rsatdik, jangovor o'yin bo'ldi. Quvondiq Ro'zievni endi mana asli o'yiniga guvoh bo'ldik. U ukamdek yigit. Javohir Sidiqov ikkisi maydon markazini to'laligicha ushlab berishdi. Bilolxon Toshmirzaev ham bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. Futbolchilarimiz bugungi kabi o'yin namoyish etishsa, biz bemalol yuqori o'rinlar uchun kurasha olamiz. 

- Murod Xolmuhammedovning jarohati qanchalik jiddiy? Kubok uchrashuvlaridagi maqsadlar haqida aytib o'tsangiz?

- Murod Xolmuhammedovda avvaldan jarohat bor edi. SHunday bo'lsa ham u jamoaga yordam berish uchun maydonga tushdi. Uning sog'ligi biz uchun muhim. Uning qarori uchun olqishlayman. SHifokorlar ko'rigidan so'ng hammasi malum bo'ladi. 

Kubok o'yinlari haqida o'tgan yilgi natijalarimiz bizga ham yoqmagan. Biz bu o'yinlarda oxirigacha kurashamiz. Keyingi bosqich haqida jiddiy o'ylaymiz. Maqsadimiz - kamida finalgacha borish.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика