So’nggi yangiliklar

20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  0 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  3 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  8 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  11 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  12 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Finalda "Nasaf" - "Navbahor" qarama-qarshiligini taxmin qilaman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Finalda "Nasaf" - "Navbahor" qarama-qarshiligini taxmin qilaman"

Bugun O'zbekiston kubogida finalchilar aniqlanadigan kun.

Qarshida "Nasaf" - "Dinamo", Olmaliqda OKMK - "Navbahor" qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Mazkur uchrashuv oldidan saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdi. 

— Aytish mumkinki, bu yilgi kubok uchrashuvlari juda qiziqarli ruhda o'tmoqda. OKMK - "Navbahor" uchrashuvini final oldidan finalga qiyoslash mumkin. Bu to'qnashuvni qiziqarli o'tishini kutmoqdaman. Fikrimcha, mazkur uchrashuvda "Navbahor"ning imkoniyati ko'proq. Ammo unutmaslik kerakki, OKMK chempionlik uchun kurashdan chiqqan. O'zbekiston kubogi OKMK uchun mavsumda sovrin qo'lga kiritishning yagona yo'li hisoblanadi. "Konchilar" yaxshigina qarshilik ko'rsatishi tabiiy. 

— Qarshida esa so'zsiz "Nasaf" favorit. "Dinamo" bunga qadar sensaciya ko'rsatib, "Paxtakor" va "Olimpik"ni kubokdan chiqarib yuborishga muvaffaq bo'ldi. Ammo tan olish kerak, "Nasaf" hozir "Dinamo"dan bir bosh ustun. SHu sababli bu o'yinda mezbonlar g'alaba qozonadi, deb o'ylayman. Finalda "Nasaf" va "Navbahor" bosh sovrin uchun kurashishini taxmin qilaman. CHempionlik uchun "Paxtakor", kubok uchun "Navbahor" asosiy davogar, deya olaman. "Nasaf" kubok jamoasi ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Boz ustiga finalga Qarshi shahri mezbonlik qiladi. Muxlislarni murosasiz yarim final o'yinlari kutmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика