So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  17 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi o'yin futbolda oldindan xursand bo'lmaslik kerakligini ko'rsatib berdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi o'yin futbolda oldindan xursand bo'lmaslik kerakligini ko'rsatib berdi"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.




"Gapni ochig'i, juda alamli durang bo'ldi. Afsuski o'yin oxirida etiborni yo'qotdik va bu xato bizga qimmatga tushdi. Maydonda son jihatdan ham o'yin jihatidan ham ustunlik qilayotgandik. Afsuski futbolda daqiqalar va soniyalar ham ko'p narsani hal qiladi, o'yin oxirida gol o'tkazib yubordik. Natijada judayam qimmatli ochkolarni qo'ldan boy berdik. Sababi bizni yaqin raqobatchilarimizdan biri bo'lgan "Nasaf" jamoasi kecha g'alaba qozondi. Biz g'alabani ko'zlagan holda maydonga tushgandik. Afsuski, durang natija qayd etildi.

“Buxoro” jamoasi bugun ham oxirigacha kurashdi va o'zi uchun qimmatli ochkolarni qo'lga kiritdi. Ularning AGMK jamoasi bilan o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Ular har bir o'yinda so'nggi jangga chiqqandek harakat qilishyapti. Har ikki jamoa futbolchilariga jangovar o'yin uchun rahmat aytaman.

Gapni ochig'i, o'yin oxirida gol urganimizda bugun ham g'alaba qozonishimizga ishonayotgandim. CHunki, so'nggi uchrashuvlarda aynan uchrashuv yakunlanishi arafasida yigitlarimiz xarakter ko'rsatib, gol kiritishayotgan va g'alaba qozonayotgandik. Bugun esa futbolda oldindan xursand bo'lmaslik lozimligini o'yin ko'rsatib berdi. Futbol shunday o'yinki, so'nggi soniyalarda ham barchasi o'zgarib ketishi mumkin", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика