So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  4 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  13 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  6 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

Baxtiyor Ashurmatov: “Birinchi bo'limda eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Birinchi bo'limda eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
Baxtiyor Ashurmatov (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - CHempionatni munosib tarzda boshlay olmaganimiz sababli har bir o'yinda yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirish uchun g'alaba uchun o'ynashimiz talab etiladi. SHu sababli, yigitlarga “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvdan oldin ham qanday raqibga qarshi, u “Bunyodkor” bo'ladimi yoki boshqa jamoa bo'lishidan qatiy nazar faqat g'alaba uchun o'ynashimizni takidlab o'tgandim.

Ochig'ini aytganda yutqizishga haqqimiz yo'q edi. Futbolchilarga chiroyli o'yinlarimiz orqali muxlislarimizni o'yingohga qaytarishimiz kerakligini aytgandim. Garchi “So'g'diyona”ga qarshi bahsda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yin saviyasi pastroq bo'lgandi. Bugun birinchi bo'limda futbolchilarimiz joriy yilgi chempionatdagi eng yaxshi o'yinlarini namoyish etishdi. Nazarimda birinchi taymdagi o'yin ishqibozlarimizga yoqadigan darajada bo'ldi. Lekin, “Dinamo” hisobni tenglashtirgach, ustunlikni qo'lga olish borasida qiynaldik. Tanaffusdan keyin amalga oshirilgan o'zgarishlarimiz o'z samarasini berib, yakunda g'alabani qo'lga kiritdik. Ushbu yutuq bilan muxlislarimizni tabriklab, ularga jamoa nomidan minnatdorchilik bildirib o'taman.

Raqib xususida gap ketganida, shuni aytish joizki, biz uchrashuvdan oldin “Dinamo”ning “Lokomotiv” va “SHo'rtan”ga qarshi o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Garchi samarqandliklar imkoniyatni boy berishgan bo'lsada, yaxshi saviyadagi jamoa ekanliklarini ko'rsatishgandi. Qolaversa, “Dinamo”ni O'zbekistondagi yuqori saviyadagi murabbiylardan biri boshqarmoqda. Agamurodov qo'l ostida to'p surganligim bois ushbu mutaxassisning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Jamoa chempionatning dastlabki turlarda atigi ikki ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsada, “Dinamo” qolgan uchrashuvlarda yaxshi va tartibli o'yin ko'rsatish orqali boshqa jamoalardan ochko olishadi deb o'ylayman. Fursatdan foydalanib, Tachmurod Agamurodov va “Dinamo” jamoasiga navbatdagi turlarda omad tilayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика