"Bavariya" Myuller bilan shartnomani uzaytirish uchun shart qo'ydi
10 jan 12:22
Yangiliklar
"Bavariya" Myuller bilan shartnomani uzaytirish uchun shart qo'ydi
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchi Tomas Myuller maosh masalasida yon berishini xohlamoqda.
Tomas Myuller yangi shartnomaga ega bo'lishni istasa, maoshi kamayishiga rozilik berishi zarur bo'ladi. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda. Eng yaxshi holatda u bonuslarni qo'shsa, yiliga 10-15 mln evro olishi mumkin.
Hozirda faxriy futbolchining yillik maoshi 20 mlnni tashkil qiladi. Myuller "Bavariya" afsonasi bo'lib, 2007 yildan beri jamoa safida 729 o'yin o'tkazgan. Ularda 246 ta gol urgan va 271 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
35 yoshli Myuller maydonda aniq poziciyasi yo'qligi bilan mashhur. U o'zini "bo'shliq izlovchi" deb ataydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar