So’nggi yangiliklar

18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  2 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

“Bavariya” – “Manchester Yunayted”. Prevyu Yangiliklar

“Bavariya” – “Manchester Yunayted”. Prevyu

Bugun tunda Evropa CHempionlar Ligasining yana ikki yarim finalchisi nomi aniq bo'ladi. "Alyanc Arena"da eng principial raqiblardan biri mehmon bo'ladi. Ushbu o'yin prevyusi bilan quyida tanishing.
“Bavariya” – “Manchester Yunayted”
CHempionlar Ligasi 1/4 final, javob o'yini (Birinchi o'yin 1:1)
Stadion: "Alyanc Arena", Myunxen
Bosh hakam: Yonas Eriksson (SHveciya).
Boshlanish vaqti: 23:45 (Toshkent vaqti bilan).




TARKIBLARDAGI HOLAT

 “Bavariya”

Germaniya chempionlari safiga diskvalifikaciyadan so'ng braziliyalik himoyachi Dante qaytadi. Jarohatlanganlardan tashqarshi ikkita sariq tufayli Martines, o'tgan o'yindagi chetlatilish uchun SHvaynshtayger maydonga tusha olmaydi.

Diskvalifikaciyalar: Martines, SHvaynshtayger (har ikkisi ham 1 o'yinga).

Jarohatlanganlar: Alkantara (tizza), Kontento, SHtarke (tirsak), SHakiri (son).

“Manchester Yunayted”

Germaniyaga “Manchester Yunayted” bilan Runi ham yo'l oldi. Ko'p manbalar uning maydonga tushish imkoniyatlarini yuqori baholayapti. “Bavariya” bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham Ueyn maydonga tuishishiga ishonchi komil ekanini takidladi: “Runi aniq bizga qarshi o'ynaydi. Yuz foiz”, dedi u o'yindan oldingi matbuot anjumanida. Yaqinda qo'l barmoqlarini qayirib olgan Eshli Yang ham maydonga tushishga tayyor. Ammo Maruan Fellayni, Rafael va Jonni Evans Manchesterda qolishdi va bugun ular aniq o'ynamaydi. 

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: van Persi (tizza).
So'roq ostida: Runi (oyoq barmoqlari), Yang (qo'l barmoqlari).
O'ynash imkoni yo'q: Mata (CHempionlar Ligasida “CHelsi” safida qayd etilgan).



E'TIBORLISI...

“Bavariya” so'nggi vaqtlarda ingliz klublari bilan o'z maydonida u qadar muvaffaqiyatli o'ynay olmayati. MYU esa o'zining Germaniyadagi so'nggi 3 o'yinini g'alaba bilan yakunladi.

“Bavariya”ning APL klublariga qarshi o'z uyidagi o'yinlari statistikasi nemislarga ko'p ham optimizm bag'ishlamaydi.

- MYU “Bavariya” maydonida g'alaba qozonmagan. Biroq Devid Moyes jamoasi Germaniyadagi so'nggi ikki o'yinida g'alaba qozondi. “Bavariya” esa bu mavsumda ikki bor o'z maydonida APL vakillarini qabul qilib, birortasida ham g'olib bo'lmagan.



- Evropaning bu ikki grandi o'rtasidagi barcha uchrashuvlar muxlislar yodida uzoq qoladigan darajada bo'ladi odatda. O'zaro uchrashuvlarning eng yorqini 1999 yilda CHempionlar Ligasi finalida “Kamp Nou”da bo'lib o'tgan mashxur duel bo'lsa kerak. O'shanda Ser Aleks Fergyuson so'nggi soniyalarda nemislarni sovrindan ayirgandi. Hozir MYUda Fergyuson yo'q. “Bavariya”ni esa CHempionlar Ligasi finallarida ikki bor MYUni mag'lub etgan Pep Gvardiola boshqaryapti.

- “Bavariya”ning CHempionlar Ligasi doirasidagi safardagi o'yinlarda 7 o'yindan iborat g'alabali seriyasi “Old Trafford”dagi durang bilan o'z nihoyasiga etdi.

O'ZARO O'YINLAR

- Klublar musobaqaning ushbu bosqichida 2009/10 mavsumda ham uchrashishgan va o'shanda “Bavariya” g'alabani qo'lga kiritgan. Birinchi o'yinda Lui van Gal boshchilik qilgan Myunxen klubi 2:1 hisobida raqibdan ustun kelgan. Ueyn Runi o'yinning birinchi daqiqasidayoq hisobni ochgandi. Biroq mezbonlar Riberi hamda Olichning gollari bilan javob bergan.

O'sha o'yinda jamoalar quyidagi tarkibda maydonga tushgan:

"Bavariya": Butt, Lam, van Buyten, Demikelis, Badshtuber, van Bommel, Pranich (Timoshhuk 89), Altyntop (Kloze 86), Myuller (Gomes 73), Riberi, Olich.

"Manchester Yunayted": van der Sar, G. Nevill, Ferdinand, Vidich, Evra, Nani (Giggz 82), Fletcher, Karrik (Valensiya 70), Skoulz, Pak CHji Sun (Berbatov 70), Runi.



- Javob o'yinida “Yunayted” qisqa vaqt ichida hisobni o'z foydasiga yiriklashtirib oldi. To'rtinchi daqiqada Darron Gibson hisobni ochadi, ettinchi daqiqada Nani o'zini ko'rsatadi va taym so'nggida uning o'zi hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keladi. Biroq MYU keyingi bosqichga yo'l olishi uchun bu ham etmadi.

Tanaffusgacha Olich hisobdagi farqni qisqartirdi. O'yinning 74 daqiqasida esa Aren Robben “Bavariya”ning ikkinchi golini kiritib safardagi gollar soni hisobiga jamoasini keyingi bosqichga olib chiqadi. Aytgancha, o'yinning so'nggi 40 daqiqasini Rafael qizil kartochka olgani sababli “Yunayted” 10 kishi bo'lib o'tkazgandi.



- 2000/01 yilgi mavsumdagi CHempionlar Ligasi chorak finalida ham “Bavariya” “qizil iblislar”ni enggan. Paulo Serjio goli evaziga birinchi o'yinda g'alaba qozongan nemislar, o'z maydonidagi ikkinchi o'yinda kiritgan Elber va Mexmett SHoll gollariga Rayan Giggz bir gol bilan javob bergan. 



- 1999 yilgi tarixiy final esa hammaning yodida bo'lsa kerak. “Bavariya” oltinchi daqiqada Mario Baslerning jarima to'pidan kiritgan golidan keyin hisobda oldinga chiqib olgan. Biroq O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan vaqtda Teddi SHeringem va Ole-Gunnara Sulsher kiritgan gollar nemislarni shok holatiga tushirib qo'ygandi.


JAMOALARNING O'Z MAMLAKATI LIGALARIDAGI SO'NGGI O'YINLARI:

05.04.2014. “Augsburg” –  “Bavariya” 1-0 (Melders 31).

“Bavariya”ning o'sha o'yindagi tarkibi: Noyer, Vayzer, Xavi Martines, van Beyten, Sallaxi (Alaba, 51), SHvaynshtayger, Kroos, SHachiri (Getce, 46), Xeyberg, Pisarro (Myuller, 63), Mandjukich.

CHempionatda egallab turgan o'rni: 78 ochko bilan 1-o'rinda.

05.04.2014. "Nyukasl" - "Manchester Yunayted" 0:4  (Mata 39,50,Ernandes 64,Adnan 90+3).

“Manchester Yunayted”ning o'sha o'yindagi tarkibi: Lindegor, Valensiya, Smolling, Djons, Evra (Byuttner, 64), Fletcher, Fellayni (Nani, 69), Eshli Yang (Yanuzay, 18), Mata, Kagava, X. Ernandes.

CHempionatda egallab turgan o'rni: 57  ochko bilan 7-o'rinda.


Abror Qodirov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика