"Bavariya" Levandovskining o'rnini "SHtutgart" forvardi bilan to'ldirishi mumkin
25 may 2022 12:40
Yangiliklar
"Bavariya" Levandovskining o'rnini "SHtutgart" forvardi bilan to'ldirishi mumkin
"Bavariya" yozda jamoadan ketishi mumkin bo'lgan forvard Robert Levandovskiga o'rinbosar izlamoqda.
Myunxenliklar "SHtutgart" hujumchisi Sasha Kalayjichning nomzodini ko'rib chiqishmoqda.
O'yinchi bilan yozgi transfer oynasida Levandovski ketsa, shartnoma imzolanadi. Polyak "Barselona" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Kalayjichning xaridi "Bavariya" uchun 20 million evroga tushadi. U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar