So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  4 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  13 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  6 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

"Bavariya" - "Gerta" 1:0. Zerikarli o'yinda "Bavariya"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

"Bavariya" - "Gerta" 1:0. Zerikarli o'yinda "Bavariya"ning qo'li baland keldi

Germaniya chempionati 30-turidan o'rin olgan "Bavariya" hamda "Gerta" jamoalari o'rtasidagi bahsni matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Bavariya – Gerta 1:0

25 aprel, 21.30, Alyanc-Arena

Gol:  1:0 –
80 SHvaynshtayger.

Bavariya
– Noyer, Lam, Boateng, Dante, Gaudino (Kurt, 46), Rode, Getce (Pisarro, 75), Vayzer, SHvaynshtayger, Myuller (Alkantara, 67), Levandovski.

Gerta – Burxert, Plattenxardt, Bruks, Langkamp, Lustenberger, SHelbred, SHulc (Vagner, 83), SHtoker (Xegeler, 73), Pekarik, Kalu (Ndjeng, 66), Xaraguti.

Ogohlantirish:
Kalu (62).


O'yin yakunlandi! Biz bilan birga bo'lganligingiz uchun rahmat! Sog' va omon bo'ling!

90+2. "Gerta" futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Lekin, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.


90. Hakam ikki daqiqa qo'shib berdi.


88. Zarbaaaa! SHvaynshtayger ikkinchi golini kiritishi mumkin edi. Ammo, lekin, biroq... Darvozabonga qoyil qolmasdan o'zga iloji yo'q!


83. Mehmonlar tarkibida o'zgarish. SHulc o'rniga Vagner tushirildi.


80. GOOOOOOLLL!!! SHvaynshtayger!!! Bu golda Vayzerning hizmatlarini alohida etirof etib o'tmasak bo'lmaydi. Futbolchi o'ng qanotda to'rtta futbolchini ortda qoldirib to'pni Bastianga etkazib berdi - 1:0!


79. Zarbaaaa! SHvaynshtaygerning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.


75. Gyoce o'rniga Pisarro maydonga tushirildi.


74. SHtoker o'rniga Xegeler maydonga tushdi.



73. Gyoce o'ng qanotdan raqib jarima maydoni tomon yorib kirishga harakat qildi. Ammo, unga himoyachi halal berib qoldi.


68. Boatengning uzoqdan bergan kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi.


65. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarish. Kalu o'rniga Ndyeng, Myuller o'rniga Alkantara maydonga tushdi.


63. Solomon Kalu Noyerga halal bergani uchun ogohlantirildi.



60. "Bavariya"ning yana bir hujumi samarasiz yakunlandi.


56. Zarbaaaa!!! "Gerta" futbolchisi SHulcning bergan zarbasini Noyer bartaraf etdi. Qoyil. Gol kiritish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi.


55. SHtokerning bergan zarbasi juda kuchsiz chiqdi va Noyer to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.


53. Myuller etkazib berilgan to'pga eta olmadi.


49. Levandovski o'yindan tashqari holatda.


46. "Bavariya"da o'zgarish. Gaudino o'rniga Kurt maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


TANAFFUS!


45. Hakam vaqt qo'shib bermadi. Birinchi bo'lim yakunlandi.


44. Mehmonlarning hujumini Dante bartaraf etdi.


42. "Gerta" himoyaviy futbol namoyish etmoqda.


35. Boatengning uzoqdan bergan zarbasi juda yuqoriga qarab ketdi.


33. Gaudinoning etkazib bergan to'piga Myuller etib bora olmadi. Aks holda, xavfli hujum ko'rishimiz mumkin edi.


29. Ochig'ini aytadigan bo'lsa hozircha jamoalar tayinli hujum uyushtirganlari yo'q...


25. Dante raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


21. "Gerta" himoyachilari hozircha myunxenliklarga imkoniyat bermayaptilar.


17. Gaudinoning bergan zarbasi raqib darvozabonining qo'liga borib to'shdi.


14. To'p nazorati "Bavariya"da. Gvardiola stayl!


9. Havli vaziyatttt!!! Sal qolishiga sal qoldi! "Gerta" futbolchisi kutilmaganda hisobni ochishi mumkin edi. Noyerdan o'tib ketgan to'pni SHtoker darvozaga yo'llay olmadi.


5. "Gerta" futbolchilarining havfli hujumlarini Dante bartaraf etdi.


3. Levandovski raqib darvozaboniga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


1. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi!

O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! "Bavariya" - "Gerta" bahsidan matnli translyaciyani boshlaymiz!


"Bavariya" - "Gerta" 1:0 LIVE

Bavariya
– Noyer, Lam, Boateng, Dante, Gaudino, Rode, Getce, Vayzer, SHvaynshtayger, Myuller, Levandovski.

Gerta
– Burxert, Plattenxardt, Bruks, Langkamp, Lustenberger, SHelbred, SHulc, SHtoker, Pekarik, Kalu, Xaraguti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика