"Bavariya" bir paytlar Varanni 5 mln evroga sotib olishni xohlamagan
13 apr 2020 07:03
Yangiliklar
"Bavariya" bir paytlar Varanni 5 mln evroga sotib olishni xohlamagan
"Bavariya" sobiq himoyachisi Villi Sanol klub bir paytlar Rafael Varanni sotib olishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.
O'shanda Rafa "Lans"da to'p tepardi.
"Men "Bavariya"daligimda bir do'stim qo'ng'iroq qildi va "Lans"dagi super qiziqarli yosh o'yinchini albatta ko'rishim kerakligini aytdi. Men uning qanday ajoyib o'ynaganini ko'rdim. Keyingi 48 soat ichida uning transfer narxi 5 million evro ekanligi menga malum bo'ldi. Lekin, Myunxen klubi rahbariyati menga 18 yoshli futbolchi uchun bu summa juda ko'p ekanligini aytishdi. 2 oydan keyin esa u "Real"ga o'tdi. "Bavariya" esa jamoa uchun 10-12 yil o'ynab bera oladigan himoyachini yo'qotdi", - deya Sanolning so'zlarini keltirdi "RMC Sport".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar