"Barselona"ning "Sevilya"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi malum
03 sen 2022 13:53
Yangiliklar
Bugun "Barselona" La Liganing 4-turi doirasida "Ramon Sanches Pizxuan" stadionida "Sevilya" bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Xavi bugungi o'yin uchun quyidagi 23 nafar futbolchini ro'yxatga kiritgan:
Darvozabonlar: Mark-Andre ter SHtegen, Inyaki Penya, Arnau Tenas
Himoyachilar: Jerar Pike, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Jordi Alba, Serji Roberto, Jyul Kunde, Erik Garsiya, Aleks Balde
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Pedri, Miralem Pyanich, Frank Kesse, Frenki de Yong, Gavi
Hujumchilar: Usmon Dembele, Robert Levandovski, Ansu Fati, Ferran Torres, Memfis Depay, Rafinya

Ektor Belerin va Markos Alonso mavjud emas. Ular transfer oynasi yopilish arafasida jamoaga kelib qo'shilib, kechagina jamoa mashg'ulotlarida qatnashishdi. Malumot uchun, Belerin ikkinchi, Alonso esa o'n ettinchi raqam ostida harakatlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar