So’nggi yangiliklar

19:07"Реал" Куртуани йўқотди  2 18:30"Ливерпул"нинг ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсади маълум  1 18:14Суперлига. "Бухоро" – "Динамо" 2:1 (Матнли трансляция)  12 18:06Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди  61 17:35Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Япония билан ўйнайди  3 16:39ФИФА "Хоразм" футболчиси бўйича қарор чиқарди  1 16:07"Манчестер Сити" аллақачон Гвардиолага ўринбосар изламоқда. Мураббийнинг ўзи бунга қандай қарайди?  7 15:28Лапорта "Барселона" "Камп Ноу"дан кўчишини эълон қилди  3 14:42Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Андижон" бугун ғалаба қозона олмаса, мухлислар кечирмайди"  5 14:19Қозоқ клуби МЮ собиқ футболчиси билан шартнома тузиши мумкин  1 13:54"Қўқон-1912" "Навбаҳор" устидан ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:27"Арсенал" аввал амалга ошириб бўлмаган трансфер мақсади учун катта пул тўлашга тайёр  4 12:59"Сиёсий вазият турнирни бутунлай сояда қолдирмоқда": Лёв Америкадаги ЖЧ бўйича хавотир билдирди  5 12:30"Реал"нинг 18 ёшли футболчиси ЕЧЛда рекорд ўрнатди  18 12:03Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бири фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  3

"Barselona" - "Yuventus". Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto) Yangiliklar

"Barselona" - "Yuventus". Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

"Barselona" CHempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida "Yuventus"ni "Kamp Nou"da qabul qildi va bahs gollarsiz yakunlandi.

Kataloniya klubi muxlislari "ko'k-anorranglilar" bu safar ham kambek namoyish etib, navbatdagi bosqichga yo'l oladi deb o'ylashgan edi, ammo turinliklarning himoyasi bunga yo'l qo'ymadi. Bazi joylarda esa omad kelmadi. Etiboringizga ushbu uchrashuvning 5 muhim jihatini suratlar bilan taqdim etamiz.

1. "Barselona" qanday atmosfera yaratishni yaxshi biladi

"Barselona" "Kamp Nou"dagi bir-biridan go'zal mozaykalari bilan mashhur hisoblanadi va unda ko'pinchi "mes que un club" (klubdan ko'ra ko'proq) yozuvi namoyish etiladi. Bu safar esa xuddi shu gap ingliz tilida namoyish etildi (More than a club).



2. "Liverpul"da Luis Suaresning muxlislari hozir ham bor

"Norvich" darvozasiga urilgan xet-trik yodingizdami? Suares APLning bir mavsumida 30 ta gol urganini eslaysizmi? Luis "Liverpul" ishqibozlari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi, shu sababli "Kamp Nou"da qizillar muxlisining paydo bo'lishi ajablanarli holat emas. Liverpulliklar hech qachon yolg'iz sayr qilishmaydi.



3. Dani Alves "Barselona"ni yaxshi ko'radi

Hamma ham bir klubda o'ynab 25 ta sovrin qo'lga kirita olmaydi. "Kamp Nou"da mozayka paydo bo'lib, uchrashuv boshlanishiga bir necha daqiqa qolganida Alves "Barselona" murabbiylar shtabi tomon bordi va Luis Enrike bilan alohida salomlashdi.



4. Lionel Messi "Kamp Nou"ning chimi bilan to'liq tanishdi

Uchrashuvda ikkinchi vaqtdagi to'p uchun kurashda Lionel Messi Miralem Pyanich bilan to'qnashdi va yuzining chap qismi bilan erga tushdi. Avvaliga ko'pchilik Messining jiddiy jarohat olganini payqamadi, biroq argentinalik o'rnidan ko'tarilganida, yuzida qon ko'rindi va qulash juda noqulay bo'lganini anglatdi. Leo jarohat jiddiyligiga qaramasdan uchrashuvni oxirigacha davom ettirdi.





5. Imperiyaning qulashi

"Barselona" so'nggi marotaba 2013 yil CHempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ikki uchrashuvli bahsda birorta ham gol ura olmagan. O'shanda "Bavariya" ikki o'yin natijasiga ko'ra Kataloniya klubini 7:0 hisobida taslim etgan.

"Barselona" o'shanda tarkibni kuchaytirish uchun braziliyalik Neymarni 100 mln. evrodan qimmatroqqa sotib olgan edi. Bu safar nima bo'ladi?



"Real" - "Bavariya". Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 9 narsa (+foto)

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика