"Barselona" sobiq darvozaboni Valdes ispan jamoasini boshqaradi
25 apr 17:27
Yangiliklar
"Barselona" sobiq darvozaboni Valdes ispan jamoasini boshqaradi
"Barselona" sobiq darvozaboni Viktor Valdes Ispaniyaning 4-divizionida qatnashadigan "Real Avila" bosh murabbiyiga aylandi.
43 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar tuzildi.

Jamoaning sobiq bosh murabbiyi Rafa Lopesga jamoa bilan ishlashni davom ettirish taklif qilindi, biroq u rad javobini berdi.
Diego, Xonas, Xoel, Alberto Garrosa va Viktor Garrosa "Real Avila" murabbiylar shtabida ishlashda davom etadi.
"Real Avila" mavsum tugashiga ikki tur qolganida turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda va mamlakat uchinchi divizioniga chiqishga davogar.
Malumot o'rnida, Valdes faoliyatini tugatganidan so'ng Barselona", "Moratalas" va "Xorta" yoshlar jamoasida ishladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar