"Barselona" Romanoliga ko'z tikkan
27 apr 2022 19:22
Yangiliklar
"Barselona" Romanoliga ko'z tikkan
AS nashrining xabariga ko'ra, "Milan" himoyachisi Alessio Romanoli "Barselona"ning transfer maqsadiga aylandi.
27 yoshli markaziy himoyachi Kataloniya klubiga erkin agent sifatida o'tishi mumkin. Uning "Milan" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi va tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olishmagan.
Xabarlarga ko'ra, "Barsa" bir qancha vaqtdan beri Romanoliga ko'z tikib kelmoqda va klub direktori Mateu Alemani allaqachon italiyalik himoyachining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. "Barsa" foydasiga hal bo'lishi mumkin bo'lgan yana bir omil sifatida Romanolining agenti Mino Rayola "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan yaxshi munosabat o'rnatgani aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar