La Liga. "Atletiko"dan yirik g'alaba, "Real" to'qqiz kishi bo'lib qolgan "Sevilya"ni mag'lub etdi, "Barselona" esa o'z uyida "Vilyarreal"ga mag'lub bo'ldi
19 may 00:20
Yangiliklar
La Liga. "Atletiko"dan yirik g'alaba, "Real" to'qqiz kishi bo'lib qolgan "Sevilya"ni mag'lub etdi, "Barselona" esa o'z uyida "Vilyarreal"ga mag'lub bo'ldi
"Sevilya" safida 12-daqiqada Bade va 48-daqiqada Romero maydondan chetlatildi. "Real" shundan so'ng Kilian Mbappe va Jud Bellingemning gollari evaziga g'alabani qo'lga kiritdi.
4-daqiqadayoq Ayoze Peresning gol evaziga "sariq suv osti kemasi" hisobda oldinga chiqib oldi. "Barselona" birinchi bo'limning o'zida Yamal va Fermin Lopesning gollari evaziga taymni g'alaba bilan yakunladi. Ammo, "Vilyarreal" ikkinchi bo'limda Komesanya va Byukenenning gollari evaziga kambek qayd etib, g'alabani o'z tomoniga og'dirdi.
"Atletiko" ushbu o'yinda yirik hisobda g'alaba qozondi. Xulian Alvares dubl qayd etdi. Shuningdek, madridliklar safida Robin Le Norman va jamoadan ketishga yaqin bo'lgan Anxel Korrea o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Mehmonlar esa Pablo Fornalsning birgina goli bilan javob bera olishdi xolos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar