"Barselona" "Real Sosedad"ga qarshi o'yin qaydnomasini elon qildi
21 avg 2022 14:26
Yangiliklar
"Barselona" "Real Sosedad"ga qarshi o'yin qaydnomasini elon qildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Real Sosedad"ga qarshi La Liganing 2-tur doirasidagi o'yin qaydnomasini elon qildi.
La Liganing 2-turi o'yini uchun berilgan qaydnomaga kataloniyaliklarni tark etishi mumkin bo'lgan hujumchilar Memfis Depay va Per-Emerik Obameyang ham kiritilgan.
"Barselona" uchun hozircha La Ligada ro'yxatdan o'ta olmagan himoyachi Jyul Kunde o'yinni o'tkazib yubordi.
"Barsa" qaydnomasi: Ter SHtegen, Pike, Arauxo, Dembele, Pedri, Levandovski, Fati, Torres, Depay, Kristensen, Pyanich, Obameyang, Alba, Kessie, Roberto, de Yong, Rafinya, Garsiya, Penya, Balde, Gavi, Torre, Tenas.
"Sosedad" – "Barselona" uchrashuvi 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar