So’nggi yangiliklar

14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  13 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  9 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7

"Barselona" - "Real". Santyago Solari ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Barselona" - "Real". Santyago Solari ishtirokidagi matbuot anjumani

Bugun, 6 fevral kuni "Barsleona" hamda "Real" o'rtasida Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yin oldidan "Qirollik klubi" ustozi Santyago Solari matubot anjumanida ishtirok etdi.


- Copa del Rey yarim final o'yinlari g'olibi Ispaniya chempionatida ustunlikka erishadimi?

- Bu boshqa-boshqa turnirlar. Biz barcha musobaqalarda g'alaba qozonmoqchimiz. Uchrashuvga qanday yondoshishimiz juda muhim. Hozir kelajak haqida o'ylay olmaymiz. Hammamiz uchun eng muhimi - ushbu uchrashuv natijasi.


- Vinisius Junior asosiy tarkib futbolchisimi?

- Bizda asosiy tarkib futbolchisi degan narsa yo'q, hammaga bir xil munosabatdamiz.


- Taqvim bo'yicha "Barselona"ga yordam berishyaptimi?

- Yo'q deb umid qilaman, lekin bu biroz g'alati. Taqvimni biz tuzmaymiz, bu ish bilan LaLiga rahbariyati shug'ullanadi. Biz shunchaki maydonga chiqib, bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.


- Murabbiylik ishi haqida

- Biz kurashishni yaxshi ko'ramiz, aynan shu sababli bu sport turi bilan shug'ullanamiz. Siz ishtirok etadigan bahslarda farq bo'lmaydi. Har bir o'yinga bir xil yondoshish kerak.


- Leo Messi haqida

- Eng kuchlilarga qarshi o'ynash har doim foyda. Ammo u bizga qarshi bahsda maydonga tushishi yoki tusha olmasligi "Barselona" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarligimizga tasir ko'rsatmaydi - deydi Solari.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика