"Barselona" Flikning o'rniga boshqa nomzodlarni ko'rib chiqishni boshladi
28 noy 11:30
Yangiliklar
"Barselona" Flikning o'rniga boshqa nomzodlarni ko'rib chiqishni boshladi
"El Chiringuito" xabar berishicha, "Barselona"da Xans-Diter Flikning kelajagi borasida noaniqlik kuchayib bormoqda. Manba malumotlariga ko'ra, nemis mutaxassisining mavsumdan keyin jamoadan ketishi ehtimoli qolishidan katta.
Flik jamoaning beqaror natijalari tufayli jiddiy bosim ostida qolgan va unga qilingan ayrim tanqidlarni adolatsiz deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, ayrim futbolchilar — xususan, Lamin Yamal va Robert Levandovski bilan munosabatlarda ham taranglik kuzatilmoqda.
Klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deko esa murabbiyni almashtirish variantlarini ko'rib chiqishni boshlab yuborishgan. Asosiy nomzod sifatida Luis Enrike tilga olinyapti, ammo PSJ uni qo'yib yuborish niyatida emas. Yangi ehtimoliy variantlar orasida Sesk Fabregas ham bor — u "Komo"dagi ishi bilan rahbariyatni jiddiy darajada o'ziga jalb qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади
Fikrlar