"Barselona" 2017/18 mavsumda rekord daromad topdi
19 iyu 2018 11:46
Yangiliklar
"Barselona" 2017/18 mavsumda rekord daromad topdi
"Barselona" direktorlar kengashi 2017/18 mavsum uchun hisobot elon qildi.
Kataloniya klubi so'nggi mavsumda o'z tarixida rekord daromad topdi (912 mln. evro). Harajatlar 882 mln. evroni tashkil qildi.
Toza foyda soliqlardan keyin 13 mln. evroni tashkil qildi.
Direktorlar kengashi vakillari yillik balansni yaxshi baholashdi va strategik rejalarga ko'ra 2021 yilda "Barselona"ning daromadi 1 mlrd. evroga etishi kerak.
Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning daromad bo'yicha avvalgi rekordi 2016/17 mavsumda o'rnatilgan edi - 708 mln. evro.
Fikrlar