"Barsa" yulduzi qizil kartochkadan qutilib qoldi: Hakam haqmidi?
04 fev 12:12
Yangiliklar
"Barsa" yulduzi qizil kartochkadan qutilib qoldi: Hakam haqmidi?
Gap shundaki, kataloniyaliklar himoyachisi Joau Kanselu birinchi bo'lim oxirida sariq kartochkasi bo'lishiga qaramay, raqib futbolchisi Dani Bernabeuning oyog'ini bosib oldi. Biroq bosh hakam Munuera Montero portugaliyalikni maydondan chetlatmadi.
Sobiq hakam Pavel Fernandes ushbu vaziyatda hakam to'g'ri qaror chiqarganini takidladi.
"Bu vaziyat Hakamlar texnik qo'mitasi tabiri bilan aytganda "qoldiq harakat" (ostatochnoe deystvie) hisoblanadi. Bunda kontakt to'p uchun kurashdan keyin sodir bo'ladi, lekin unda qo'pollik yoki haddan tashqari kuch ishlatish kuzatilmaydi.
Munuera Montero vaziyatni to'g'ri baholadi. Ikkinchi ogohlantirish uchun asoslar etarli emas edi", — deydi Fernandes.
Shu tariqa, Kanselu maydonda qoldi va "ko'k-anorranglilar"ga yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishda yordam berdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar