So’nggi yangiliklar

15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  10 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5

Barchasiga o'zimiz aybdormiz, yomon o'ynadik, shoshildik. Vadim Abramov derbidagi durang, asabiy o'yin va zich taqvim haqida Yangiliklar

Barchasiga o'zimiz aybdormiz, yomon o'ynadik, shoshildik. Vadim Abramov derbidagi durang, asabiy o'yin va zich taqvim haqida

Pro liga 13-turi doirasidagi Yunired - Dinamo (1:1) o'yinidan keyin dastlab Dinamo bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Derbida qiyin bo'lishini bilardik. O'tgan safar ham oson bo'lmagandi. Raqib jamoa o'z vazifasini bajardi, biz esa yo'q. CHunki juda yomon o'ynadik. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda juda shoshildik. Maydonda raqibdan son jihatdan bir kishi ko'p bo'lganda ham bor yo'g'i bitta vaziyat yarata oldik. O'yinni tahlil qilib chiqamiz. Muhim ochkolar yo'qotildi.

- «Paxtakor» ustidan erishilgan g'alabadan keyin o'yinga ruhan tayyorlanishda muammo bo'lmadimi, ehtimol «Yunired» jamoasining kuchiga to'g'ri baho berilmagandir?

- Albatta, hozir shunday deyishingiz ham mumkin. O'yindan oldin bu haqda ko'p marta gapirgandik, barchasiga o'zimiz aybdormiz. Bu oyda bizni ketma-ket 5ta o'yin kutib turgani, bunga shay turish kerakligi haqida gaplashgandik. O'yin boshidan yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bu ham oqibatda o'z so'zini aytdi.

- «Yunired» avvalgi o'yinda bo'lgani kabi, bu safar ham «Dinamo» bilan tengma-teng jang qildi...

- Ha, «Yunired» «Dinamo»ga jiddiy qarshilik ko'rsatishga urindi. O'yinning principiallik ahamiyatidan kelib chiqsak, bu normal holat. Ularning tarkibidagi aksariyat o'yinchilar sobiq klubiga qarshi o'zini ko'rsatishga harakat qilishi aniq edi. Biz buni kutgandik, tushungandik. Ehtimol, bu aksariyat futbolchilarimizga yaxshi etib bormagandir.

- Bugun jamoada charchoq alomatlari sezildi. Oldinda esa klub juda zich taqvimga ega...

- Ha, oldinda muhim o'yinlar bor. Qarang, bu oyda bizni 5ta o'yin kutmoqda, 2-davrada esa jami 10ta o'yinimiz bor. Yani, biz mavsumning ikkinchi qismidagi jami o'yinlarimizning yarmini shu oydayoq o'tkazishimizga to'g'ri keladi. Qiyin taqvim paytida har bir ochko yo'qotilishi qimmatga tushishi mumkin. Qolgan 4 o'yinimizdan 3tasini uyda o'tkazamiz, ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q.

- O'yin davomida jamoa o'yinidan qoniqmaganingiz ko'rindi, etirozingiz aynan qaysi chiziqlar bo'yicha?

- Ko'proq, yarimhimoya chizig'i o'yiniga etirozim bo'ldi, bu chiziqda ko'rsatmalar bajarilmadi. SHu erdan muammolarimiz boshlandi. Barchasini tahlil qilib, 4 kundan keyin «Mashal»ga qarshi o'tadigan bahsga tayyorlanamiz, deydi Vadim Karlenovich.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика