"Ballon D'or" marosimi. Sakkizinchi sovrin, "Barselona" futbolchisiga topshirilgan "Oltin to'p" va boshqa g'oliblar
31 okt 2023 02:43
Yangiliklar
"Ballon D'or" marosimi. Sakkizinchi sovrin, "Barselona" futbolchisiga topshirilgan "Oltin to'p" va boshqa g'oliblar
20. Lautaro Martines
19. Xarri Keyn
18. Jud Bellingem
17. Xvicha Kvaracxeliya
16. Karim Benzema.
15. Emiliano Martines
14. Ilkay Gyundogan
13. Yassin Bunu
12. Robert Levandovski
11. Muhammad Saloh.
10. Modrich
9. Bernardu Silva
8. Viktor Osimxen
7. Xulian Alvares
6. Vinisius Junior
5. Rodri
4. Kevin De Bryuyne
3. Kilian Mbappe
2. Erling Xoland
1. LIONEL MESSI
02:30. Marosimning asosiy sovrini - "Oltin to'p" Lionel Messiga topshirildi.
Sovrinni "Inter Mayami" futbolchisiga ushbu klubning egasi Devid Bekxem taqdim etdi. Messi JCHdagi muvaffaqiyati uchun ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. SHunday qilib, Leo faoliyatidagi sakkizinchi "Oltin to'p"ni qabul qilib oldi.

02:05. Tennis qiroli Novak Jokovich eng yaxshi ayol futbolchi sovrinini "Barselona" futbolchisi Aytana Bonmatiga topshirdi.


01:50. "Manchester Siti" - eng yaxshi erkaklar futbol jamoasi deb topildi.

01:40. Erling Xolandga Gerd Myuller (yil to'purari) sovrini topshirildi.
52ta o'yin
53ta gol

01:25. Lev Yashin sovrinini Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempioniga aylangan va tarixdagi eng esda qolarli seyvlardan birini amalga oshirgan Emiliano Martines qabul qildi.

01:05. Vinisius Junior Sokrates sovrinini qabul qilib oldi. Ushbu sovrin yil davomida ijtimoiy va xayriya loyihalarida eng ko'p ishtirok etgan futbolchiga topshiriladi.
Vinisius irqichlikka qarshi kurashdi va Braziliyada talimga mablag' ajratdi. U kambag'al talabalar talim olishi uchun 4 mln. evro sarf qilishga ulgurdi.

00:55. Jud Bellingem - mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

00:45. Parijdagi SHatelet teatrida marosim start oldi. Videoefir orqali marosimni tomosha qilishingiz mumkin.
00:40. SHu yilning may oyida Agustin Gandolfo va Lautaro Martines.

00:30. Messilar oilasidagi barchani nomma-nom sanab bera olasizmi? Ular etib kelishdi.

00:22. Hech qachon qarimaydigan Bekxem ham shu erda

00:15. "Oltin to'p" uchun asosiy davogarlardan biri bo'lgan Erling Xoland shu erda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar