So’nggi yangiliklar

17:24АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  0 17:14Суперлига. "Андижон" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  2 16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   1 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  5 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  12 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  20 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  7 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  7

Bahodir SHaymardonov: "Har narsaning oxiri bor" Yangiliklar

Bahodir SHaymardonov: "Har narsaning oxiri bor"

Pro liganing 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "G'ijduvon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov fikrlarini bildirdi.




"Juda chiroyli o'yin ko'rdik. Buxoroda xalq sog'ingan shiddatli futbol bo'lishi kutilgandi. Raqib oldiga yuqori maqsadni qo'ygan. Har bir jamoaning maydondagi vazifasi yutish hisoblanadi. Hakim Fuzaylov yaxshi jamoa shakllantirgan. Durang ham yomon natija emas. Hisob esa o'yinga mos bo'ldi",- deydi murabbiy.

- Futbolchilarga hisobni ushlab qolish ko'rsatmasi berilganmidi? Ikkinchi bo'limda futboldan tashqari holatlarni ham ko'rdik...

- Futbol kichkina sportmas. Jamoamizda 90 daqiqaga etadigan tarkib shakllangan emas. Buni tan olamiz. "G'ijduvon"ga biz kutgan natijani ko'rsatishga hali bor. Har narsani oxiri bor. Vada beramiz, bunday ishtiyoqni yanada yuqori qilib o'ynaymiz.

-  Jamoaning maqsadi kuchli beshlikka kirish edi. Hozir esa bunday deb bo'lmaydi...

-  Mavsum boshida maqsad qo'yiladi. Hali ko'p narsa yo'qotmadik. Beshtalikka kirishga imkoniyatlarimiz bor. 

- Klubda moliyaviy muammolar yo'qmi?

-  Maoshlarimiz berilgan. Homiylarimiz qo'ldan kelgancha yordam qilishmoqda. Durang natijalarga ham mukofot pullari berilgan. Yigitlar nimalarga qodirligini isbotlashi kerak, xolos. 

- "Buxoro" bilan o'yinga qancha mukofot puli vada qilingandi?

-  Bu hammada har hil. Hali jismoniy tayyorgarligimiz etarli emas. Kim qancha yordami tegdi tahlil qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика