So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Bahodir SHaymardonov: "Durangni emas, g'alabani istagan edik" Yangiliklar

Bahodir SHaymardonov: "Durangni emas, g'alabani istagan edik"

Pro liganing navbatdagi turi doirasida o'tkazilgan "G'ijduvon" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Bahodir SHaymardonov fikrlarini bildirdi.


"Barcha o'zbek xalqini ramazon oyi bilan tabriklayman. Durangni kutmagan edik. CHunki uyda o'ynayapmiz, g'alabani istagandik. Futbolda har doim siz istagan narsa bo'lavermaydi. Yigitlarga vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik etishmayapti. SHuning hisobiga ko'p ochkolar yo'qotyapmiz. Oldimizga maqsad qo'yganmiz. Ustiga ustak Pro ligada yangi jamoamiz. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman.  "Andijon" asosiy gollarni standart vaziyatlardan urmoqda. Tarkibida bo'ydor futbolchilar ko'p. SHunga qarab tayyorgarlik ko'rdik. Raqibning o'yiniga yaxshi baho beraman. 

Jamoamiz uchun har bir ochko oltinga teng. Pro liganing darajasi avvalgiga qaraganda yuqori. Superligaga tenglashtirsak ham bo'ladi. O'yinga qadar bu taktikada maydonga chiqishni o'ylamagan edik. Raqibdan kelib chiqib bo'ydor hujumchini tushirdik. Maydonimiz kubok o'yinlarga tayyor bo'lishi mumkin. Maysamiz holati yaxshi. Hozir kengaytirish ishlari ketmoqda",- deydi Bahodir SHaymardonov




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика