So’nggi yangiliklar

11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  1 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  5 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  19 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1

Bahodir Nasimovning goli Eron peshqadamini mag'lub etdi Yangiliklar

Bahodir Nasimovning goli Eron peshqadamini mag'lub etdi

Payshanba kuni Eronda mamlakat kubogining chorak final bahslaridan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinlar orasida eng kutilmagan natija Eron chempionati peshqadami Tabrizning Traktorisozi klubining o'z maydonida Padideh klubiga mag'lub bo'lgani bo'ldi. SHu kuni o'zbekistonlik Bahodir Nasimov uchrashuv qahramoniga aylandi.

Tabrizdagi muhtasham o'yingohda kechgan bahsning 45-daqiqasida mezbonlar vakili Ahmadzoda hisobni ochib, Traktorsozini bo'limni g'alaba bilan yakunlashiga sababchi bo'ldi, 1:0.

Bunday natija mehmonlarni qoniqtirmasligi aniq edi va ikkinchi bo'lim boshida Padideh murabbiylari Bahodir Nasimovni maydonga tushirishdi. Aynan Bahodirning o'yinga qo'shilishi yakunda samara berdi. Xususan, o'yinning 80-daqiqasida Bahodir Nasimovni jarima maydonida Traktorsozi himoyachilari qo'pollik bilan to'xtatib qolishgani uchun bosh hakam penalti belgiladi va uning jamoadoshi xorvatiyalik Igor Praxich muvozanatni tikladi, 1:1. Ushbu gol asosiy vaqtda g'olibni aniqlamadi va jamoalar qo'shimcha taymlarni boshlashdi.

Qo'shimcha taymlarni hujumkorlik bilan boshlagan mehmonlar, 93-daqiqada Bahodir Nasimovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi bilan g'alaba golini kiritishdi, 1:2. Bu uning Erondagi debyut goli edi.

SHiddatli kurashlarga boy o'tgan bahsda, ko'pchilik uchun kutilmaganda chempionat peshqadami, kubok uchun bosh davogar Traktorsozi klubi samarqandlik hujumchining goli evaziga turnirni tark etishga majbur bo'ldi. Padiheh klubi esa o'z tarixida birinchi marotaba mamlakat kubogi yarimfinaliga yo'l oldi.

27 noyabr (payshanba)
Eron Kubogi. CHorakfinal.
Traktorsozi (Tabriz) – Padideh (Mashhad) – 1:2 (1:0, 1:1, 1:2)
Gollar:
Ahmadzoda 45 – Praxich (80, pen), Bahodir Nasimov 93.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика