So’nggi yangiliklar

21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  2 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  470 20:38ЖЧ-2026 саралаши. Эрон – Қатар. Таркиблар аниқ!  8 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

Bahodir Nasimov: "Yutishimizga ishonyapman, Koreya oldingidek kuchli emas" Yangiliklar

Bahodir Nasimov: "Yutishimizga ishonyapman, Koreya oldingidek kuchli emas"

Bugungi O'zbekiston - Janubiy Koreya o'rtasidagi uchrashuvdan oldin terma jamoamizning sobiq hujumchisi, hozirda Janubiy Koreya chempionatida to'p surayotgan Bahodir Nasimovning fikrlari bilan qiziqdik.

Bugungi juda muhim o'yin oldidan milliy terma jamoamizga ishonayapman. Menda shunday hissiyot borki, bugun g'alaba qozonib, aynan mana shu safar Jahon CHempionatiga chiqadigandekmiz. Bunday o'yinlarda futbolchilarning o'zi ham har tomonlama tayyor bo'ladi. Omad biz tomonda bo'lishiga ishonaman. Etibor bering, shuncha ochko yo'qotgan bo'lsakda, hali hamon yaxshi imkoniyatga egamiz. Janubiy Koreyaning uchta o'yinini kuzatib shunday xulosaga keldimki, hozirgi Janubiy Koreya oldingidek kuchli emas. Ularning o'yinida golli vaziyatlar juda kam bo'ladi. Aynan shu bois ham ular hali hamon safarda g'alaba qozona olishmayapti. Futbolchilarimiz bugun ularni mag'lub eta olishiga ishonayapman - deydi Bahodir Nasimov.

Eron bilan o'yindan keyin ham Koreyadagi klubdoshlarim o'z terma jamoalariga ishonishayapti. Hattoki ular Koreya g'alaba qozonishiga men bilan bahs boylashdi. Men O'zbekiston g'alaba qozonadi deb ular bilan bahs boyladim. Yodimda, to'rt yil oldin deyarli shunday vaziyatda edik. So'nggi turda Qatarni 5:1 hisobida yutgandik, dublga erishgandim, ammo Koreya Eronga mag'lub bo'lib, biz bilan bir xil ochko jamg'argan bo'lsada, omadsizlik bois JCH-2014 ga bora olmagan edik. Bu safar omad biz tomonidan bo'lishiga negadir ishonchim komil - deydi Koreyaning Ansan Grinners klubi hujumchisi.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика