So’nggi yangiliklar

11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  1 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  0 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  4 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  8 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  0 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  30 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  0 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  12 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  14 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  5 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  32 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0

Bahodir Ibrohimov hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi Yangiliklar

Bahodir Ibrohimov hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi

20 noyabr kuni O'FF anjumanlar zalida, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, sport ustasi Bahodir Ibrohimovning hayoti va yorqin faoliyatiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi.
Taniqli futbol jurnalisti Vladimir Safarovning Bahodir Ibrohimov faoliyatiga bag'ishlangan kitobining taqdimot marosimida keng futbol jamoatchiligi, futbol faxriylari, sport jurnalistlari qatorida, Bahodir Ibrohimovning oila azolari ishtirok etishdi.

Taqdimot marosimini kirish so'zi bilan ochib bergan O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov Paxtakor klubi sobiq futbolchisi, murabbiy sifatida katta yutuqlarga erishgan Bahodir Ibrohimovning o'zbek futboli tarixida tutgan o'rni katta ekanini alohida qayd etdi. Bahodir Ibrohimov nafaqat futbolchi, balki murabbiy sifatida O'zbekistonda ham, undan tashqarida ham katta yutuqlarga erishgan va o'zbek futbolini jahonga tanitishda salmoqli hissa qo'shgan, - dedi Mirabror Usmonov.

Taqdimot marosimda shuningdek, kitob muallifi Vladimir Safarov, futbol faxriysi va taniqli teleboshlovchi Axbor Imomxo'jaevlar so'zga chiqib, Bahodir Ibrohimovning hayoti va yorqin faoliyati ko'pchilik uchun o'rnak bo'lishga loyiq ekanligini alohida takidlashdi.

Takidlash joiz, Bahodir Ibrohimov 1963-1973 yillar davomida Toshkentning Paxtakor klubida to'p surgan. Murabbiylik faoliyatini esa Farg'onaning Neftchi klubida katta murabbiy sifatida boshlagan Ibrohimov keyinchalik Dinamo (Samarqand) klubida davom ettirdi. Bahodir Ibrohimov keyinchalik Suriya yoshlar terma jamoalari, BAA hamda Saudiya Arabistoni klublarida katta yutuqlarga erishgan. Etiborlisi, Suriya o'smirlar hamda yoshlar terma jamoalarini ketma-ket ikki marta jahon chempionati final bosqichi o'yinlariga olib chiqqan ilk o'zbekistonlik murabbiyga aylangan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика