So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  2 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  1 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  9 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

Bahodir Ahmedov: "Xorvatiyadagi o'yinlar OCH saralashiga muhim tayyorgarlik bo'ladi" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Xorvatiyadagi o'yinlar OCH saralashiga muhim tayyorgarlik bo'ladi"

Ayni paytda O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda yig'in olib bormoqda.

Bugun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz Xorvatiya yig'iniga ketish oldidan oxirgi mashg'ulotni o'tkazdi. "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tgan mashg'ulotdan suratlarni etiboringizga havola etgan edik.

FOTO  O'zbekiston futzal terma jamoasi Xorvatiyaga ketish oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi GALEREYA

Mashg'ulotdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ichki chempionatda ketma-ket ikkita tur bo'lib o'tgani bois futzalchilarda biroz charchoq alomatlari bor. Buni inobatga olgan holda, yigitlarimizning holatini yaxshilash uchun mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Husniddin Nishonov va Sunnatilla Jo'raevda kichik jarohat bor. Xorvatiyadagi yig'in va o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok eta olishlari uchun hozir ularga dam beryapmiz. Qolgan o'yinchilarimizni ahvoli yaxshi.

10 kunda 5ta o'yin - bu ko'p. Lekin, yigitlar terma jamoaga nima uchun kelganliklarini yaxshi bilishadi.

Xorvatiyadagi yig'in va o'rtoqlik o'yinlari uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz. Ular bu o'yinlarni tashkillashtirishdi. Bu yig'inlar va o'yinlar orqali Qirg'izistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'ramiz.

Hozir chempionat o'yinlaridan keyin yig'inga vaqt ko'p bo'lmagani bois 14 nafar futzalchini chaqirdik. Keyin yig'inlarga 20 nafar o'yinchi chaqiramiz va ular orasida yoshlar ham bo'ladi. Darvozabonlar ham hozirgidek ikki nafar emas, to'rt nafar bo'ladi", - deya fikrlarini bildirib o'tdi Ahmedov.


Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz bugun tunda Xorvatiya sari yo'lga chiqadi. Vakillarimiz Zagreb shahriga Moskva orqali uchishadi. U erda Franciyaga qarshi ikkita va CHernogoriyaga qarshi bitta o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi.

O'rtoqlik o'yinlari

28.01.2022

O'zbekiston — Franciya

30.01.2022

O'zbekiston — CHernogoriya

31.01.2022

O'zbekiston — Franciya

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика