Badal puli 120 mln. evro bo'lgan Enco "Benfika"ni qishda tark etmoqchi emas
28 dek 2022 23:20
Yangiliklar
Badal puli 120 mln. evro bo'lgan Enco "Benfika"ni qishda tark etmoqchi emas
"Benfika" rahbariyati va murabbiylar shtabi Enco Fernandes bilan qishda xayrlashishni xohlamayapti.
Malumotlarga ko'ra, Portugaliya klubi Enconi mavsum o'rtasida sotish niyatida emas. 21 yoshli yarim himoyachi ham klubning qaroriga qo'shiladi. Biroq unga "CHelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda va ular Enconi hoziroq xarid qilishni istashsa shartnomada belgilangan 120 mln. evroni to'lashlari kerak.
Fernandesga "Liverpul" va "Real" ham qiziqib qolgan, ammo klublar faqat yozdagina xaridni amalga oshirishlari mumkin. "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" ham argentinalik atrofidagi voqealarni kuzatmoqda.
Fernandes joriy mavsum Portugaliya chempionatida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
19:06
Gvardiola mavsum so'ngida "Manchester Siti"dan ketadi. Jamoaning keyingi murabbiyi kim bo'ladi? 13
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar