So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  6 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

Babayan va Krimec – aprel oyi laureatlari! Yangiliklar

Babayan va Krimec – aprel oyi laureatlari!

O'zbekiston CHempionatining aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlash bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada ketma-ket ikkinchi oy Paxtakor vakillari tengsiz deb topildi.
Xususan, Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan ikkinchi marta oy murabbiyiga aylangan bo'lsa, jamoa himoyachisi Egor Krimec aprelning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi.

O'zbekiston chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 5-9 may kunlari bo'lib o'tdi. So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 11 nafar murabbiy va 25 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan bir xilda ochko to'plagan Bunyodkor bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Aleksandr Volkov hamda Navbahor bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovni 25 ballga ortda qoldirib, aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ushbu mutaxassis qo'l ostida Paxtakor aprel oyida O'zbekiston Oliy Ligasi va Kubogi bahslarida jami to'rtta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. Ushbu natijalar samarasi o'laroq, jamoa ayni vaqtda Oliy Liga jadvalida eng yaqin taqibchisi hisoblangan Lokomotiv va Bunyodkor jamoalarini to'rt ochkoga ortda qoldirmoqda.



Futbolchilar orasida esa aprel oyi yakunlariga ko'ra Paxtakor himoyachisi Egor Krimecga teng keladigan futbolchi topilmadi. Himoyachi bo'lishiga qaramasdan, Krimec jamoasining muhim va oson bo'lmagan g'alabalariga munosib hissa qo'shdi. Jumladan, futbolchi tomonidan Olmaliqga qarshi o'yindagi yagona gol va Dinamoga qarshi qiyin kechgan safar o'yinidagi so'nggi daqiqalarda kiritilgan hal qiluvchi gol Paxtakorga qimmatli ochkolarni keltirdi. Etiborli tomoni, futbolchi o'zining to'purarlik qobiliyatini may oyida ham davom ettirmoqda.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi aprel oyi kuchli beshligi:
1. Egor Krimec (Paxtakor) – 72 ball.
2. Ivan Nagaev (Lokomotiv) – 53 ball.
3. Sardor Rashidov (Bunyodkor) – 23 ball.
4. Oleg Zoteev (Bunyodkor) – 17 ball.
5. Artur Gevorkyan (Nasaf) – 16 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi aprel oyi kuchli beshligi:

1. Samvel Babayan (Paxtakor) – 67 ball.
2-3. Aleksandr Volkov (Bunyodkor) – 42 ball.
2-3. Baxtiyor Ashurmatov (Navbahor) – 42 ball.
4. Vadim Abramov (Lokomotiv) – 40 ball.
5. Edgar Gess (Buxoro) – 31 ball.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика