So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  6 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Babayan va Iskanderov – mart oyi laureatlari! Yangiliklar

Babayan va Iskanderov – mart oyi laureatlari!

O'zbekiston chempionatining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlash bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Paxtakor vakillari – jamoa bosh menejeri Samvel Babayan va iqtidorli yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov g'olib chiqdi.
O'zbekiston chempionatining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 7-10 aprel kunlari bo'lib o'tdi. So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga klublarida faoliyat olib borayotgan 10 nafar murabbiy va 24 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan, Olmaliq ustozi Igor SHkvirinni 19 ballga ortda qoldirib, mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ushbu mutaxassis qo'l ostida Paxtakor mart oyida Oliy Liga-2014 doirasida uchta o'yin o'tkazdi va barchasida g'alaba qozondi. Jumladan, jamoa o'z maydonida Qizilqumni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, safarda Andijon va Neftchi jamoalari ustidan mos ravishda 1:0 va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Futbolchilar orasida esa mart oyi yakunlariga ko'ra Paxtakor yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga teng keladigan futbolchi topilmadi. Paxtakorning mart oyidagi o'yinlarida Iskanderov gol urmagan bo'lsa-da, jamoasining ketma-ket g'alabalarida va oxir-oqibat Oliy Liga-2014 jadvalida yakka peshqadam bo'lib olishida muhim rol o'ynadi, o'zining chiroyli va aniq to'p uzatishlari bilan nafaqat muxlis va mutaxassislar olqishiga sazovor bo'ldi, balki jamoadoshlarining muhim gollariga-da hammualliflik qildi.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi mart oyi kuchli beshligi:
1. Jamshid Iskanderov (Paxtakor) – 82 ball.
2. SHerzod Hakimov (Olmaliq) – 47 ball.
3. Ivan Nagaev (Lokomotiv) – 42 ball.
4. Vohid SHodiev (Bunyodkor) – 27 ball.
5. Andrey Melnichuk (Dinamo) – 16 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi mart oyi kuchli beshligi:
1. Samvel Babayan (Paxtakor) – 95 ball.
2. Igor SHkvirin (Olmaliq) – 76 ball.
3. Baxtiyor Ashurmatov (Navbahor) – 65 ball.
4. Vadim Abramov (Lokomotiv) – 33 ball.
5. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 26 ball.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика