So’nggi yangiliklar

10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  1 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  6 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  1 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  15 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  170 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  4 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  3 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3

Babayan Filippin va Bahraynga qarshi o'yinlar uchun kengaytirilgan tarkibini malum qildi Yangiliklar

Babayan Filippin va Bahraynga qarshi o'yinlar uchun kengaytirilgan tarkibini malum qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati 2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so'nggi ikki o'yin uchun chaqirilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini malum qildi.

Takidlash kerakki, O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati 2018, ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so'nggi ikki o'yinni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o'tkazadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining 24 mart kuni bo'lib o'tadigan Filippinga qarshi uchrashuvi ham, Bahraynga qarshi 29 mart kuni bo'ladigan o'yin ham 18:00da start oladi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi ikki o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o'tkazib, 15 ochko to'plagan holda guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg'argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati 2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Filippin va Bahraynga qarshi o'yinlari uchun kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar
: Aleksandr Lobanov (“Persepolis” – Eron), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay” – Xitoy), Egor Krimec (“Beyjin Goan” – Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Kamoliddni Tojiev (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”)

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Azizbek Haydarov (“Al-SHabab” – BAA), Fozil Musaev (“Sepaxon” – Eron), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Sanjar Tursunov (“Umm-Salal” – Qatar), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Sanjar SHoahmedov (“Lokomotiv”), Eldor SHomurodov (Bunyodkor”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog'iston), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика