So’nggi yangiliklar

19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  3 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   4 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  2 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4

BAA kundaligi: Sharjada "yo'qotilgan" vaqt Yangiliklar

BAA kundaligi: Sharjada "yo'qotilgan" vaqt

Championat.asia saytining 5 nafar xodimidan iborat delegaciya BAAga etib keldi.

Kecha, 1 iyun kuni Championat.asia vakillari – Nodirxo'ja Yuldashev, Jahongir Fayzullaev, Samandar Shokirov, Abdulvosit Bektemirov va kamina Sherzod Nurmatov yaxshi niyat bilan BAA safariga otlandik.

Air Arabia aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti taxminan 14:10 da uchib, mahalliy vaqt bilan 16:35 da MTJ etakchilaridan biri Otabek Shukurov 5 yil yashagan zamin – Sharja shahriga kelib qo'ndi.

Havo layneri qo'ngach, perron avtobuslari (yo'lovchilarni terminaldan samolyotgacha yoki samolyotdan terminalgacha tashiydigan avtobus – tahr.) bizni terminalga eltib qo'ydi. U erda ikki kishini "syurpriz" kutayotganini biz hali bilmasdik. Toshkent – Sharja yo'nalishida kelganlar birin-ketin pasport nazoratidan avtomatik ravishda o'tib ketish uchun mo'ljallangan uskuna – smart gate orqali o'tib keta boshladi. Men va operator Samandar Shokirov ilk bor BAAga kelganimiz bois pasportimiz tizimda xatolik ko'rsatdi va biz "to'siq"dan o'tib keta olmadik. Gap shundaki, tushunarsiz sababga ko'ra BAAga ilk bor kelganlar smart gate'dan o'ta olishmayapti. 

Aeroport xodimlaridan yordam so'raganimizda, ular bizni pasport nazorati bilan shug'ullanuvchi xodim tomon yuborishdi. U biz va taxminan yana 10-15 nafar o'zbekistonliklarga so'rovnoma (anketa) to'ldirishni buyurdi. So'rovnoma to'ldirganimizdan so'ng u pasport va anketalarni olib, diplomatiya xodimlari o'tiradigan xonaga olib ketdi. Shundan so'ng u erda uzoq muhokama davom etdi va hujjatlarimiz shu bilan ichkarida qoldi. "Bizning ishlarimiz nima bo'ldi?" deya ko'p bor so'raganimizda qaramay, aniq bir javob berishmadi. Bir xodimning ish vaqti tugab, ikkinchisi kelganida, nihoyat, bizning ishimiz bitadigan bo'ldi. 5 soatdan uzoq vaqt davom etgan kutishdan keyin pasportlarimizni bizga torshirishdi. Unga arabcha yozuvdagi maxsus stiker yopishtirib qo'yilgandi, uni hatto maxsus tarjimon dasturlarida ham o'gira olmadik. Pasport nazorati xodimi uni o'qidi va kameraga qarashni buyurdi. Xayriyatki, hammasi ijobiy hal bo'ldi va biz Sharja aeroportidan ochiq havoda nafas olishni boshladik. To'g'ri, havo ancha nam, lekin ichkarida sababsiz va soatlab kutishdan ancha durust, men sizga aytsam. 

Darhaqiqat, arab diplomatlaridan biri bilan suhbatlashganimizda u Otabek Shukurov va Aziz G'anievni yaxshi tanishini bildirib, ular haqida iliq fikrlarni aytdi. Keyin esa BAA – O'zbekiston uchrashuvida qanday hisob qayd etilishini so'radi. Men diplomatik javob qaytarib, 1:1 deb qo'ya qoldim. Aslida esa termamizga ishonaman va biz hisobdan qati nazar albatta g'alaba qozonamiz. Shunchaki ichimda o'ylab turgan hisobni aytganimda, aeroportda yana nimadir voqeliklar boshlanib ketishidan cho'chidim.

Ha, shunday qilib, biz bir amallab aeroportdan chiqdik va Sharjadan Dubayga yo'l oldik. Taksiga minib, taxminan 50 daqiqada o'z mehmonxonamizga etib keldik. 

Endi MTJ mashg'ulotlarni yopiq holda o'tkazayotgani munosabati bilan o'yin bo'lib o'tadigan stadion va uning atrofidagi vaziyatni o'rganamiz. 


Sherzod Nurmatov

Dubay, BAA

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика