So’nggi yangiliklar

17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  1 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  5 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  10 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  13 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  9 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  38 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  13

Azizbek G'aniev: "BAA O'zbekiston bilan o'yinga kichkina stadionni tanlaganidan xayron qoldim" Yangiliklar

Azizbek G'aniev: "BAA O'zbekiston bilan o'yinga kichkina stadionni tanlaganidan xayron qoldim"

O'zbekistonlik yarim himoyachi Azizbek G'aniev ayni paytda BAAning "Al Bateh" klubida to'p tepmoqda.

Bu mavsum BAA chempionatining 19 ta o'yinida maydonga tushib 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan G'aniev bilan kichik suhbat tashkil etdik.

- "Al Bateh" uchun bu mavsum u qadar omadli o'tayotgani yo'q. Lekin shaxsiy natijalaringiz bir maromda ketmoqda...
- To'g'ri aytdingiz, klubimiz mavsum avvalini u qadar yaxshi boshlay olmadi. Bosh murabbiy almashgach natijalar ijobiy tomonga o'zgardi. Chempionatni imkon qadar yuqoriroq o'rinda tugatishga harakat qilayapmiz.

- Keyingi mavsumda ham shu klubda to'p tepasizmi?

- "Al Bateh" bilan yana ikki yillik shartnomam mavjud. Шu bois nasib qilsa keyingi mavsumda ham shu erda o'ynayman va natijalarni yaxshilashga umid qilaman.

- O'zbekiston milliy terma jamoasini 5 iyun kuni BAAga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. BAAda o'ynayotgan futbolchi sifatida ushbu mamlakat terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- To'g'ri aytdingiz, terma jamoamizni o'ta muhim bahs kutmoqda. BAA ham bo'lajak o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan. Xabaringiz bor, bosh murabbiy almashdi. U terma jamoaga yana yangi mahalliylashtirilgan futbolchilarni jalb qilishni xohlamoqda. Шunga qaramay xudo xohlasa O'zbekiston terma jamoasi ushbu uchrashuvda g'olib bo'ladi va tarixiy natijaga erishadi.




- BAAda shuncha katta stadionlar turganida O'zbekistonga qarshi bahsni nima uchun kichikroq stadionda o'tkazishga qaror qilindi?

- Bu yangilikni eshitib men ham xayron qoldim. Menimcha ular o'zbekistonlik  futbol muxlislarining Osiyoda anchagina o'z o'rniga egaligi uchun shunday qilishgan bo'lsa kerak. Balki bizning muxlislarga kamroq joy ajratishni reja qilishgandir.

- Oxirgi yillarda BAA chempionatida o'zbekistonlik futbolchilar kamayib qoldi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- BAA chempionati saviyasi legionerlar hisobiga ko'tarilmoqda. Шu bois bu erda o'ynayotgan legionerlar sal bo'shashsa o'rningizga boshqa legioner olib kelishi juda ham oson ish. Nasib qilsa O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqsa nafaqat BAA, balki boshqa davlatlarda ham legionerlar soni anchagina ko'payadi deb o'ylayman.

- O'z vaqtida Timur Kapadze bilan birga ishlagansiz. U qanday murabbiy?

- Timur Kapadze qo'l ostida 2018 yil Eron va Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etganman. U kuchli murabbiy, yigitlar bilan qanday ishlashni, gaplashishni va qanday uslubda o'ynatishni yaxshi biladi. Oxirgi ikkita rasmiy o'yinda bunga barcha guvoh bo'ldi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика