Anderson Taliska: "Saudiya chempionati MLSdan kuchsiz emas. Messi jamoasi u erda 6:0ga yutqazgandi"
28 noy 22:52
Yangiliklar
Anderson Taliska: "Saudiya chempionati MLSdan kuchsiz emas. Messi jamoasi u erda 6:0ga yutqazgandi"
"Fenerbahche" hujumchisi Anderson Taliskaning fikriga ko'ra, Saudiya Arabistoni chempionati MLSdan kuchliroq.
"Saudiya Arabistoni chempionati hech qachon MLSdan kuchsiz bo'lmagan. Bu erda solishtirishning o'zi noto'g'ri.
Messi o'ynayotgan ligada ayrim futbolchilar o'qishini davom ettirib futbol o'ynashadi. Mana shuning o'zi chempionatlardagi farqni ko'rsata olsa kerak", - dedi Taliska.
Futbolchi "Fenerbahche"ga qadar Krishtianu Ronaldu bilan "Al Nassr"da birga o'ynagan.
2024 yil fevralida "Al Nassr" hamda "Inter Mayami" o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va unda saudiyaliklar 6:0 hisobida g'alabaga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади
Fikrlar