Azizbek Amonov Eronga etib bordi va "Istiqlol" bilan shartnoma tuzdi
09 fev 2022 19:27
Yangiliklar
Azizbek Amonov Eronga etib bordi va "Istiqlol" bilan shartnoma tuzdi
O'zbekiston terma jamoasi azosi "Istiqlol" bilan 2,5 yillik kelishuvni rasmiylashtirdi.
"Istiqlol" matbuot xizmatiga ko'ra, Azizbek Amonov klub ixtiyoriga etib borib, jamoa bosh direktori Mustafo Ajorlu bilan ko'rishgan.


24 yoshli futbolchi 2,5 yillik kelishuvga imzo chekdi.
2 karra O'zbekiston chempioni Amonov shu vaqtga qadar "Lokomotiv" va "Buxoro" safida jami 89 o'yinda qatnashib, 15 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.
Eslatib o'tamiz, 3 fevral kuni "Eshitdik-da" rukni ostida Azizbek Amonovning "Istiqlol"ga o'tayotgani haqida xabar bergandik. 4 fevral kuni esa bu "Lokomotiv" hamda "Istiqlol" tomonidan tasdiqlangan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar